Tilshunoslik va uning bo'limlari. Fonetika Fonetika Bu bo'limda nutq tovushlari, bo'g'in, urg'u va intonatsiya (ohang) o'rganiladi. Fonologiya Bu bo'limda nutq tovushlarining funksional tomoni - ma'no farqlash vazifasi: fonema, ularning tasnifi, fonemalar o'rtasidagi munosabat o'rganiladi. Grafika Harf, alifbo, harf va fonema o'rtasidagi munosabat, harflarning yozilish shakllari, turlari va so'zlardagi o'rni o'rganiladi. Orfografiya So'zlarning to'g'ri yozish qoidalari o'rganiladi. Orfoepiya Nutq tovushlari va so'zlarning to'g'ri talaffuz qilish qoidalari o'rganiladi. Leksikologiya So'zlarning atash (lug'aviy, leksik) ma'nolari o'rganiladi. Leksikografiya Bu bo'limda lug'at turlari o'rganiladi. Frazeologiya Bu bo'limda ko'chma ma'noli birikmalar, ya'ni iboralar o'rganiladi. Dialektologiya Bu bo'limda til shevalari, ularning fonetik, lug'aviy va grammatik xususiyatlari o'rganiladi. Punktuatsiya Bu bo'limda tinish belgilarini to'g'ri qo'llash qoidalari o'rganiladi. Tinish belgilar 10 ta: . , ; : … () - ? ! Paremiologiya Bu bo'limda barqaror birikma (maqol, matal, hikmatli so'z) lar o'rganiladi. Semasiologiya So'zlarning ma'no tuzilishini o'rganuvchi bo'lim. Onomastika (nomshunoslik) a) antroponimiya - kishi nomlari; b) gidronimiya - suv havzalari nomlari; d) toponimiya - joy nomlari; e) kosmonomiya - osmon jismlari nomlari; f) zoonomiya - hayvon nomlari; g) fitonomiya - o'simlik nomlari. Etimologiya So'zlarning kelib chiqish tarixini o'rganuvchi bo'lim. Eskatiologiya So'zlarning yo'q bo'lib ketish yo'llarini o'rganuvchi bo'lim. Morfemika Morfema (so'z tarkibi - asos, qo'shimchalar) so'zning morfemik tuzilishi o'rganiladi. So'z yasalishi Bu bo'limda so'z yasash usullari haqida ma'lumot beriladi. Grammatika (grek. grammatika - harf o'qish va yozish san'ati, harf) a) Morfologiya - Bu bo'limda so'z turkumlari o'rganiladi. b) Sintaksis - Bu bo'limda so'z birikmasi, gap va undan yirik bo'lgan birliklar o'rganiladi. Uslubiyat Og'zaki va yozma nutq uslublarini o'rganuvchi bo'lim. ...

Joylangan
29 Aug 2024 | 09:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
6.08 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:40
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
29 Aug 2024 [ 09:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
6.08 MB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:40 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan