5-sinf. Undosh tovushlar

5-sinf. Undosh tovushlar

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Undosh tovushlar - rasmi

Material tavsifi

Undosh tovushlar Topshiriq. Matnni diqqat bilan o'qing. Vaqt qanday belgilanishini bilasizmi? Yerning quyoshga nisbatan harakati vaqtni o'lchashda asosiy rol o'ynaydi. Ona sayyoramizning bir qismi quyosh nurlaridan bahramand bo'lganida, boshqa qismi qorong'ilik ichida bo'ladi. Shu sababli yer yuzining turli nuqtalaridagi soatlar har xil vaqtni ko'rsatadi. Toshkentdagi tarixiy-me'moriy yodgorlik - kurant Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alaba sharafiga 1947-yil shahar markazida Usta Shirin ishtirokida qurilgan. 1966-yildagi zilzila natijasida soat buzilgan va zudlik bilan ta'mirlanib, ishga tushirilgan. Toshkent kuranti shahar me'moriy ansamblining Markaziy xiyobonida joylashgan. (Biz bilgan va bilmagan dunyo kitobidan) Qoida O'pkadan chiqayotgan havo og'iz bo'shlig'ining ma'lum bir joyida to'siqqa uchraydi va undan hosil bo'lgan tovush undosh tovush hisoblanadi. Tilimizda quyidagi 24 ta undosh tovush bor: b, v, g, d, z, j, dj, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g', h, ng. Undoshlar Talaffuz qilinayotganda o'pkadan chiqayotgan havo oqimi ma'lum to'siqqa uchraydigan, shovqin ishtirok etadigan va yakka o'zi bo'g'in hosil qilmaydigan fonemalarga undosh fonemalar deyiladi. Undoshlarda: cho'zilish yo'q, chunki talaffuzda to'siqqa uchraydi; urg'u olmaydi; shovqin yoki shovqin+ovoz mavjud; musiqiylik yo'q; yakka o'zi bo'g'in hosil qila olmaydi, lekin usiz bo'g'in ham bo'lmaydi; j (jo'ja) va j (jirafa) kabi 2 xil talaffuzli tovush mavjud. Shunga ko'ra, 23 ta harf va 24 ta undosh tovush mavjud. bo'g'iz bo'shlig'i, og'iz bo'shlig'i va til - undosh tovushlarning hosil bo'lishida asosiy vositalar. Men o'lchayman kuningni Va uxlagan vaqtingni, Hisoblayver sen o'zing Tashvishingni, baxtingni, Chiq-chiq-chiq, Chiq-chiq-chiq… 52-mashq.Berilgan she'riy parchani o'qing. Undagi undosh tovushlarga diqqat qiling. 53-mashq. So'zlardagi nuqtalar o'rniga tegishli undosh tovushni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.82 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:40 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.82 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga