5-sinf. Undov belgisining ishlatilishi

5-sinf. Undov belgisining ishlatilishi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Undov belgisining ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

Undov belgisining ishlatilishi So'z - zabarjad, so'z - gavhar, oltin. Zargarlikning mashaqqati ko'p! So'zni baytga qadashdan oldin Kaftingga qo'y, to'yib qara, o'p! Ona tilimni sevmasam, so'zlariga mahliyo bo'lmasam, hayratlanmasam, menga shoirlik qayda edi?! Oftob chiqdi, quyosh chiqdi, kun chiqdi, Mehr-u, shams-u xurshidi gardun chiqdi. Olimlar! Topib bering-chi, qaysi tilda quyoshning 10dan ortiq ismi bor?! Qaysi tilda osmonni kamalak ranglaridek 7 xil nom bilan ataydilar?! Osmon, falak, samo, charx, gardun, fazo, ko'k … Bular daf'atan xayolga kelganlari, xolos! Arsh, davvor, minu singari kam ishlatiladigan xos so'zlar ham sanalsa, ro'yxat yana uzayadi. Ha, boylikda beqiyos ona tilimiz bor! Munosabat bildiring. His-hayajon (shodlik, qo'rquv, g'azab, ajablanish, achinish, do'q, yalinish, hayrat va h.k.) bilan aytilgan gaplar undov gap hisoblanadi. Ulardan so'ng undov belgisi qo'yiladi. Ko'klam oyim, ko'kingdan ber bir chimdim! (M. Yusuf) Undov so'zlar bir gapga teng bo'lsa, ularda ham undov belgisi ishlatiladi. Ofarin! - dedi Mamat bobo.(T. Murod) Ba'zan nutqimiz qaratilgan shaxs -undalmalar ham alohida ta'kid bilan aytilsa, ulardan keyin undov belgisi qo'yiladi. She'rim! Yana o'zing yaxshisan!(U. Nosir) 431-mashq. O'tkir Hoshimovning Dunyoning ishlari asaridagi hikoyalarda qo'llangan undov belgilariga diqqat qiling. Qo'yilish sababini qoidaga tayanib izohlashga harakat qiling. 1. Ishqilib, boshqa yulduz uchmasin! 2. Mana shu shovullagan sukunat ichida dilni titratadigan iztirobli nido yangraydi: Ilhaq! Is'hoq! 3. Oyii! - dedi Xo'ja umidsiz, ojiz tovushda. 4. O'rtoqlaring oldida ayt! - dedi sinf rahbarimiz. 5. Xudo xohlasa, olgan molini qaytarib beradi, eshon oyi! 6. Uff! Isib ketdim! Xabar-darak, buyruq mazmunidagi gaplarni ohangini o'zgartirish, undov so'zlar qo'shish orqali ham his-hayajon (undov) gapga aylantirish mumkin: Bahor fasli chiroyli. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.25 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:40 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.25 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga