5-sinf. Urg'u va uning ahamiyati (davomi)

5-sinf. Urg'u va uning ahamiyati (davomi)

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Urg'u va uning ahamiyati (davomi) - rasmi

Material tavsifi

Urg'u va uning ahamiyati (davomi) Urg'u So'zdagi bo'g'inlarning, gapdagi so'zlarning boshqalariga qaraganda biroz kuchliroq talaffuz qilinishi urg'u deyiladi. Urg'u 2 xil bo'ladi: so'z urg'usi (leksik, lug'aviy, atash urg'usi) - so'zdagi unli harfga tushadi gap urg'usi (logik, mantiqiy, intonatsion, ma'no urg'usi) - kesimdan oldingi so'zga tushadi. So'z urg'usi So'zdagi biror bo'g'inning boshqalariga qaraganda kuchliroq ohang bilan aytilishidir. O'zbek tilida urg'u, asosan, oxirgi bo'g'inga tushadi. Masalan, balánd, bolá. Urg'u yordamida nutq ko'rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo'ladi, kishini zeriktirmaydi. Turkiy, jumladan, o'zbek tilida urg'u o'rniga ko'ra ko'chib yuruvchi (ko'chmanchi)dir. Masalan, o'rík - o'rikzo'r - o'rikzorlár - o'rikzorlargá. Agar qo'shimcha qo'shilsa, urg'u ham ko'chib boraveradi: bola - bolalár - bolalarím - bolalarimgá. O'zbek tilida arab, fors-tojik, rus va boshqa Yevropatillaridan o'zlashgan so'zlarda urg'u barqaror o'ringa ega. Gap urg'usi Gapdagi biror bir so'zning boshqalariga nisbatan ajratib, ta'kidlab aytilishi gap (logik, mantiqiy, intonatsion, ma'no) urg'usi deyiladi. Gapda ma'no urg'usi qaysi so'zga tushgan bo'lsa, so'zlovchi tinglovchini diqqatini shu so'zga tortmoqchi ekanini bildiradi. Gapda so'roq olmoshlari, ajratilgan bo'laklar ishtirok etsa, ular, albatta, gap urg'usini olgan bo'ladi. Masalan, Bugun darsda kim yo'q? Biz, yoshlar, ona Vatanning ertasimiz. Ma'no urg'usi, odatda, kesimdan oldingi so'zga tushadi. Masalan, Karim kecha maktabga keldi. (qayerga? Maktabga, boshqa yerga emas.) Kecha maktabga Karim keldi. (kim? Karim, boshqa emas.) Karim maktabga kecha keldi. (qachon? Kecha, bugun emas.) Karim maktabga kecha keldi. (nima qildi? Keldi, kelmadi emas.) ESLATMA! Gap bo'laklarining odatdagi tartibining o'zgarishi inversiya deyiladi. DENGIZDA OQSHOM Suvlarda sekin o'ynar, Oltin qayiqchalardek, Quyosh alangalari… G'urub yong'ini qoplar, Samo yuzi anordek, Bulutlar atlas kabi… Ufqlar quchog'iga Sig'magan buyuk ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.05 MB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:40 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 4.05 MB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga