5-sinf. Urg'u va uning ahamiyati

5-sinf. Urg'u va uning ahamiyati

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Urg'u va uning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Urg'u va uning ahamiyati CHUMCHUQLARGA UYADIR Ashraf aka anor so'ydi, Anormisan-anor deysiz. Har donasi gavhar misol, Yalt-yult etar fanor deysiz. A harfini olgan edik, Yo'q narsadan bor bo'ldi. Barchamizga tanish hayvon, Qo'sh o'rkachli nor bo'ldi. Bolakaylar, bilib qo'ying, Nor degani tuyadir. T harfi ni qisqartirsak, Chumchuqlarga uyadir. Tursunboy Adashboyev Topshiriq. She'rni ifodali o'qing. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarning qaysi bo'g'ini biroz cho'ziqroq aytilayotganiga e'tibor bering. Qoida Urg'u So'zdagi bo'g'inlarning, gapdagi so'zlarning boshqalariga qaraganda biroz kuchliroq talaffuz qilinishi urg'u deyiladi. Urg'u 2 xil bo'ladi: so'z urg'usi (leksik, lug'aviy, atash urg'usi) - so'zdagi unli harfga tushadi gap urg'usi (logik, mantiqiy, intonatsion, ma'no urg'usi) - kesimdan oldingi so'zga tushadi. So'z urg'usi So'zdagi biror bo'g'inning boshqalariga qaraganda kuchliroq ohang bilan aytilishidir. O'zbek tilida urg'u, asosan, oxirgi bo'g'inga tushadi. Masalan, balánd, bolá. Urg'u yordamida nutq ko'rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo'ladi, kishini zeriktirmaydi. Turkiy, jumladan, o'zbek tilida urg'u o'rniga ko'ra ko'chib yuruvchi (ko'chmanchi)dir. Masalan, o'rík - o'rikzo'r - o'rikzorlár - o'rikzorlargá. Agar qo'shimcha qo'shilsa, urg'u ham ko'chib boraveradi: bola - bolalár - bolalarím - bolalarimgá. O'zbek tilida arab, fors-tojik, rus va boshqa Yevropatillaridan o'zlashgan so'zlarda urg'u barqaror o'ringa ega. Gap urg'usi Gapdagi biror bir so'zning boshqalariga nisbatan ajratib, ta'kidlab aytilishi gap (logik, mantiqiy, intonatsion, ma'no) urg'usi deyiladi. Gapda ma'no urg'usi qaysi so'zga tushgan bo'lsa, so'zlovchi tinglovchini diqqatini shu so'zga tortmoqchi ekanini bildiradi. Gapda so'roq olmoshlari, ajratilgan bo'laklar ishtirok etsa, ular, albatta, gap urg'usini olgan bo'ladi. Masalan, Bugun darsda kim yo'q? Biz, yoshlar, ona Vatanning ertasimiz. Ma'no urg'usi, odatda, kesimdan oldingi so'zga tushadi. Masalan, Karim kecha maktabga keldi. (qayerga? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.86 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:40 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.86 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga