5-sinf. Vatanga muhabbat

5-sinf. Vatanga muhabbat

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Vatanga muhabbat - rasmi

Material tavsifi

5-SINF O'QUVCHILARI UCHUN TARBIYA FANIDAN TAQDIMOT. MAVZU: VATANGA MUHABBAT. Vatanparvarlik nima? Vatanparvarlik - kishilarning ona yurtiga,o'z oshyoniga muhabbat va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha xalqlar va millatlar uchun umumiy bo'lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg'u, ma'naviy qadriyatlardan biri. Bu Vatanni o'tmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon bo'ladi. Vatanni sevish iymondandir,-deb bejiz aytishmagan. VATANPARVARLIK TUYG'USINI VATANNING PORLOQ KELAJAGI UCHUN XIZMAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZNING TASHABBUSLARIDA HAM KO'RISHIMIZ MUMKIN: O't o'chiruvchilar, shifokorlar, o'qituvchilar, quruvchilar kabi xalqqa va Vatanga astoydil xizmat qiluvchilarning fidokorligi; Sportchilarning olimpiadalardagi g'alabalari; Siz, o'quvchilarning o'qishdagi yutuqlaringiz, bilim olishga mas'uliyatli yondashuvingiz, maktab mulkiga ehtiyotkorona munosabatingiz. O'zbekiston Qahramoni, xalq o'qituvchisi Allaniyoz Uteniyazov o'z qo'llari bilan Nukusda 40 dan ortiq binolarni qurgan. U o'z qo'llari bilan quygan 8600 dona g'isht xonadonlarning devorlariga terilgan. Yana bir qahramon Namoz Jumayev oddiy mehnat faxriysi. Uning mehnatlari tufayli cho'lda, qadrdon mahallasi Qorayantoq yaqinida 35 ta futbol maydoni kattaligida o'rmon yaratilgan. 1994-yildan buyon BMT tashabbusi bilan 17-iyun Butun jahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Faqat o'rmonzorlar orqali qum bostirib kelishini to'xtatish va cho'lda yashil vohalarni tashkil qilish mumkin. Vatan tarkin bir nafas aylama, Yana ranji g'urbat havas aylama. Alisher Navoiy. Kim o'z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi. Jorj Bayron, ingliz shoiri. Kim chaqqon? Kim topqir? O'zbekistonning vatanparvar fuqarosi - bu … Jumlani davom ettiring. Quyidagi so'zlardan foydalaning: sevuvchi, yashaydigan, qarshilik ko'rsatadigan, himoya qiladigan, hurmat qiladigan inson. Ajdodlarimizning qanday vatanparvarlik fazilatlarini bilasiz? Yakunlangan fikr hosil qilish uchun quyidagi iboralarning qismlarini birlashtiring. Azizlar, ona Vatanimiz O'zbekistonni asrab, avaylash har birimizning burchimizdir. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 9.58 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:40 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 9.58 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga