5-sinf. Yangi paydo bo'lgan so'zlar tahlili

5-sinf. Yangi paydo bo'lgan so'zlar tahlili

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf. Yangi paydo bo'lgan so'zlar tahlili - rasmi

Material tavsifi

Yangi paydo bo'lgan so'zlar tahlili Aziz tengdoshlar! Mental arifmetika, sayt, monitor, klaviatura, planshet so'zlarining qaysi tillarga oid ekanligini bilasizmi? Ular tilda qanday so'zlar sanaladi? Topshiriq. Matnni o'qing. Yangi so'z izohiga e'tibor bering. Chat so'zi inglizcha chatter- valdiramoq, vaysamoq, aljiramoq so'zlaridan olingan. Internet tarmog'i orqali muayyan vaqtda aloqa qilish va shunday aloqani yo'lga qo'yishga mo'ljallangan dastur ta'minotiga chat deyiladi. Unga o'xshash fleshka, sayt, virus, antivirus, xaker, shou so'zlari ham bor. Bu so'zlardan o'z nutqingizda ko'p foydalanasiz. Ularning izohini bilib qo'ying, chunki zamonaviy texnologiyalarni bilish davr talabidir. Topshiriqni bajaring. 294-mashq. Matnni ko'chiring. Olinma so'zlarning tagiga chizib, izohlang. Odamlarning 10 foizi noyob talantga ega bo'ladi. Ular intellektual rivojlangan insonlar sanaladi. Ma'lumotlarga ko'ra daholarning aksariyati bolalik chog'idayoq o'z iste'dodlarini namoyon etishgan. O'ta talantli bolalarni vunderkind deyishadi. Masalan, Alisher Navoiy, Imom al-Buxoriy, Motsartlar sakkiz yoshdayoq o'z zakovatlari bilan atrofidagilarni lol qoldirishgan. 295-mashq Ikki guruhga bo'lining. Internetga oid yangi paydo bo'lgan so'zlardan Kim ko'p topadi? musobaqasini o'tkazing. 296-mashq. Buyuklar ilm tufayli mashhur bo'lishgan. Ilmning foydasi haqidagi maqollarni ko'chiring, sinfdoshlaringiz bilan fikrlashing. 1. Ilm - yorug'lik, jaholat - zulmat. 2. Ilm o'lchovi - aql, zehn o'lchovi - naql. 3. Ilmi yo'qning ko'zi yumuq. 4. Ilm-u hikmat suvni yondirar. 5. Ilmlining so'zi - o'q. Rasm asosida Men ham o'z iqtidorimni namoyish etmoqchiman mavzusida 10-12 ta gapdan iborat hikoya yozib keling. 297-mashq. Uyga vazifa E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent- 2020 Ushbu taqdimot slaydi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.82 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:40 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 3.82 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga