5-sinf Adabiyot. Topishmoqlar

5-sinf Adabiyot. Topishmoqlar

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Adabiyot. Topishmoqlar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Topishmoqlar O'qituvchi: Matyakubova Xosiyat Erkaboyevna 5- sinf ADABIYOT Topishmoq nima? 1. Topishmoqlarni ba'zan topmacha, matal, jumboq deb ham atashgan. 2. Mumtoz adabiyotda chiston ham deyiladi. 3. Topishmoq hammabop, ommaviy janrdir. 4. Topishmoqlar kishining tasavvurini va tafakkurini o'stiradi. E'tibor bering! Topishmoqda yashirin ma'no ko'pincha majoziy shaklda keltiriladi. Aniqrog'i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, buyum, o'simlikka qiyoslangan holda beriladi. Topishmoqning javobini topmoqchi bo'lgan kishi unda keltirilgan ko'chma belgilarni xayolida mantiqan solishtiradi va uning hayotdagi belgilarga to'g'ri kelishiga qarab javobini topadi. Bilib oling! Topishmoqlar nasriy va she'riy shaklda ixcham, sodda va ravon, qofiyali uslubda yaratiladi. She'riy va nasriy topishmoqlar Chin qushim chinni qushim, Chin tepaga qo'ndi qushim. Tumshug'ini yerga berib, Xalqqa salom berdi qushim. Ko'ylagi qavat-qavat, Tugmalari yo'q faqat. Topishmoqning tuzilishi 1.Bir predmetli: Qoziq ustida qor turmas 2.Bir nechta predmetli: Bir daraxtda o'n ikki shox, har shoxda o'ttiz yaproq, - bir yog'i qora, bir yog'I oq Topishmoqlar yaratilishi An'anaviy topishmoqlar zamirida xalqimizning tarixi va qadriyatlari aks etadi. Zamonaviy topishmoqlarda kundalik turmushimizdagi o'zgarishlar, fan va texnika yutuqlari o'z ifodasini topgan. Topishmoqlar o'zining yaratilish davriga ko'ra 2 xil bo'ladi: Topishmoq ertaklar 1. Topishmoqli ertaklar bo'lib, bunda topishmoq ertak ichida keladi. 2. Ertak-topishmoq hisoblanib, undagi asar voqealari topishmoq asosida quriladi. Chiston nima? ''Chiston'' asli forscha so'z bo'lib, topishmoq, jumboq ma'nosini anglatadi. Chiston mumtoz adabiyotning kichik lirik janri hisoblanib, savol-javob shaklida paydo bo'lgan. Undagi narsa-hodisalar ko'chma ma'noda tasvirlanadi. Anor chistoni Ul na gumbazdur, eshig-u tuynugidin yo'q nishon, Necha gulgunpo'sh qizlar manzil aylabdur, makon? Sindirib gumbazni, qizlar holidin olsam xabar, Yuzlariga parda tortig'liq turarlar bag'ri qon! Topishmoqlarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 749.99 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 749.99 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga