Sana: Mavzu:Undosh tovushlarning aytilishi va yozilishi Darsning maqsadi: ta'limiy: o'quvchilarning unli va undosh harflarning o'ziga xos xususiyatlari, jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning to'g'ri talaffuzi va imlosi haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash; FK1:unli va undosh tovushlar talaffuzi va imlosi, so'zlarni bo'g'inga bo'lish va ko'chirishni, so'zlarni bo'g'in-tovush va tovush-harf jihatdan tahlil qilishni bilish; FK2: talaffuz me'yorlariga rioya qila olish, bo'g'in ko'chirish qoidasiga rioya qila olish; tarbiyaviy: kattalarga hurmatda bo'lish, ularni qadrlashga o'rgatish; TK3:o'zining xato va kamchiliklarini to'g'ri tushunish, o'zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4:o'zidankattalarga, o'rtoqlarigavao'zidankichiklargayordamberish; TK6:kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o'qiy olish; rivojlantiruvchi: o'quvchilarning ijodiy matn yaratish ko'nikmalarini rivojlantirish; FK1:o'qituvchi nutqini va mavzuga oid tushunchalarni, o'zaro savol-javob, topshiriqlarni, kichik matnlarni, mavzu doirasidagi video va audio (multimedia ilovalari) matnlarini tinglab tushuna olish. Dars turi: mustahkamlovchi dars. Darsning metodi:suhbat, analiz, mustaqil ish metodi. Darsning jihozi:mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari. Darsning borishi:I.tashkiliy qism. O'qituvchi:Salom o'g'il-qizlarim, Ko'zlari yulduzlarim. O'quvchilar:Salom ustoz muallim Bizga berguvchi ta'lim. O'qituvchi:Yashang,aziz bolalar Bog'dagi gul-lolalar. Qalay,sog'-omonmisiz? O'quvchilar:Saboqqa tayyormisiz? Bizlar darsga tayyormiz, Ustoz sizga do'st-yormiz Bilim olish burchimiz Bunga yetar kuchimiz. O'qituvchi:Hozir darsimiz nima ekan bolajonlar? O'quvchilar:O'zing ustoz elimga,o'zing dono muallim, Seni sevar dilidan,ham o'quvchi ham olim. Sendan bo'lib bahramand,yayrab olamiz ta'lim, Ey mening ona tilim,dilda mehring limmo-lim, Asrlarga poydevor,o'zbek tilim,o'z tilim. O'qituvchi:Har narsadan xabarchi, Sinfda kim navbatchi? Navbatchi axboroti tinglanadi -Sizlar qanday tilak bildirasiz? Sinfga Alisher Navoiy siymosidagi o'quvchi kirib keladi. Navoiy:G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish, El anga shafiqu,mehribon bo'lmas emish. Oltin qafas ichra,gar qizil gul bitsa Bulbulg'a tikandek oshiyon bo'lmas emish. O'qituvchi:Keling, bobojon,darsimizga marhabo. Navoiy:Bolajonlar,yoningizga shoshdim va sizlarning ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 09:04:45
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:34
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
29 Sep 2024 [ 09:04 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:34 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan