5-sinf Tarix dars ishlanma. Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashi

5-sinf Tarix dars ishlanma. Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashi - rasmi

Material tavsifi

Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashi 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 31-mavzu Muqanna qo'zg'olonining sabablari. Vatanimizning qulay tabiiy iqlim sharoiti, behisob boyliklari arablarning ham diqqat e'tiborini o'ziga tortdi. Bu bosqinchilik yurishiga tajribali arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim rahbarlik qildi. Bosqinchilik yurishi boshlanishi arafasida Vatanimizda yagona qudratli davlat yo'q edi. Qutaybaning harbiy yurishi. Bu esa arab bosqinchilari uchun juda qo'l keldi. Shunday bo'lsada, ajdodlarimiz bosqinchilarga qattiq qarshilik ko'rsatdilar. Biroq qudratli qo'shinga ega bo'lgan arablar 715-yilda yurtimizda o'z hukmronligini o'rnatdilar. Arablar Movarounnahr aholisiga jabr-zulm o'tkaza boshladilar. Chunonchi, ular mahalliy aholidan olinadigan soliqlar miqdorini oshirdilar. Ayni paytda, o'zlarini taraqqiyotda ulardan oldinda bo'lgan mahalliy aholidan ustun qo'ydilar. Bu adolatsizliklar va o'tkazilgan jabr-zulmlar mahalliy aholida keskin norozilik uyg'otdi. Muqanna. Bular oxir-oqibat 769-yilda Muqanna boshchiligida qo'zg'olon boshlanishiga olib keldi. Qo'zg'olonning natijasi Qo'zg'olonchilar arablardan ajralib turish uchun oq kiyim kiyib olganlar. Muqannaning asl ismi Hoshim ibn Hakim edi. U doim yuzini niqob bilan bekitib yurgan. 783-yilgacha davom etgan bu qo'zg'olon arab bosqinchilarini tahlikaga solib qo'ydi. Ular qo'zg'olonni bostirish uchun barcha choralarni ko'rdilar. Bu esa arablarga qo'zg'olonchilarni birin-ketin mag'lubiyatga uchratish imkonini berdi. Nihoyat, arablar Qashqadaryo vohasiga bostirib kirdilar. Shu tariqa Muqanna qo'zg'oloni mag'lubiyatga uchradi. Chorasiz qolgan Muqanna o'zini yonib turgan tandirdagi olovga otib halok bo'ldi. Qo'shin davlat tomonidan barcha zarur narsalar bilan o'z vaqtida ta'minlanib turilgan. Muqanna qo'shini davlat qo'shini bo'lmaganligi sababli maxsus harbiy ta'lim ko'rmagan edi. Muqanna qo'zg'oloni yengilgan bo'lsada, u arablar bosqinchiligining ildizlariga zarba berdi. Muqanna qo'zg'oloni. Ayni paytda bu qo'zg'olon xalq kuch-qudrati uning mustahkam birligida ekanligini ham ko'rsatdi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.72 MB
Ko'rishlar soni 582 marta
Ko'chirishlar soni 88 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.72 MB
Ko'rishlar soni 582 marta
Ko'chirishlar soni 88 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga