5-sinf Tarix dars ishlanma. Avesto - ajdodlarimiz yaratgan ilk yozma tarixiy manba

5-sinf Tarix dars ishlanma. Avesto - ajdodlarimiz yaratgan ilk yozma tarixiy manba

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Avesto - ajdodlarimiz yaratgan ilk yozma tarixiy manba - rasmi

Material tavsifi

«Avesto» - ajdodlarimiz yaratgan ilk yozma tarixiy manba 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 10-mavzu «Avesto» haqida. Miloddan avvalgi IX-VII asrlarda qadimgi Xorazm diyorida ezgulik dini - zardushtiylik vujudga keldi. Bu dinning nomi uning asoschisi Zardusht nomidan olingan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» deb ataladi. Kitobda Ahuramazda («donishmand», «yuksak», «daholi») dunyoni yaratgan xudo deb e'tirof etiladi. Eron ahamoniylari podshosi Doro II davrida «Avesto» 12 ming qoramol terisiga tilla bilan yozildi va xazinada saqlandi. Keyinchalik, makedoniyalik Aleksandrning bosqinchilik yurishlari chog'ida uning katta qismi yoqib yuborildi. Astronomiya va tibbiyot ilmlariga oid qismlari esa yunon tiliga tarjima qilindi. Oradan bir necha asrlar o'tib, yurtimizda islom dini keng tarqalgach, «Avesto» unutildi. «Avesto» O'rta Osiyo, birinchi navbatda, O'zbekistonning o'tmish tarixi, shuningdek, ajdodlarimizning e'tiqodi, urf-odatlari haqidagi eng qadimgi yozma manba sifatida o'rganiladi. Avesto»ning mazmuni «Avesto»da ta'kidlanishicha, dunyo ezgulik (yaxshilik) va yovuzlik (yomonlik) asosiga qurilgan. Ezgulik Yovuzlik Barcha yovuzliklarni (o'lim, qahraton qish, zararkunanda hasharotlar va shu kabilar) yovuzlik homiysi Axriman yuboradi. Axriman Ahuramazda esa hayotni, ezgulikni, yorug'likni va adolatni himoya qiladi. Ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurashda oxir-oqibat ezgulik g'alaba qozonadi. Ahuramazda Biroq, buning uchun kishilar - yolg'on gapirmasliklari, bergan va'dalarining ustidan chiqishlari va insonlarga faqat yaxshilik qilishlari lozim. «Avesto»ning 2700 yilligi. «Avesto» nafaqat bizning, balki jahon madaniyatining ham nodir merosi hisoblanadi. Shuning uchun ham xalqaro YUNESKO tashkiloti O'zbekiston hukumatining tashabbusi bilan 199-yilda «Avesto»ning 2700 yilligini nishonlash to'g'risida qaror qabul qildi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.63 MB
Ko'rishlar soni 474 marta
Ko'chirishlar soni 115 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.63 MB
Ko'rishlar soni 474 marta
Ko'chirishlar soni 115 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga