5-sinf Tarix dars ishlanma. Birinchi jahon urushi

5-sinf Tarix dars ishlanma. Birinchi jahon urushi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Birinchi jahon urushi - rasmi

Material tavsifi

Birinchi jahon urushi 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 40-mavzu Urushning sabablari. Urushlarning hammasi dahshatli. Ammo ularning ichida eng dahshatlisi jahon urushlari bo'ldi. Chunki bu urushlarda dunyoning ko'plab davlatlari ishtirok etishdi. Insoniyat bugungi kungacha ikkita jahon urushini boshidan kechirdi. Ularning birinchisi 1914-yilda boshlanib, 1918-yilda tugadi. Qudratli davlatlar 1914-yilgacha dunyoning kuchsiz davlatlari hududlarini bosib olib, ularni o'z mustamlakalariga aylantirib bo'ldi. Buyuk Britaniya (Angliya), Fransiya va Rossiya imperiyasi dunyoning eng yirik mustamlakachi davlatlariga aylanishdi. Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyaning mustamlakalari esa kamroq edi. Germaniya buni bahona qilib dunyoni qayta bo'lishni talab eta boshladi. Urushning boshlanishi va uning natijalari. Birinchi jahon urushi 1914-yilning yozida Avstriya- Vengriyaning Serbiyaga hujum qilishi bilan boshlanib ketdi. Shu tariqa Yevropani Birinchi jahon urushi alangasi qoplab oldi. Urush bora-bora dunyoning 38 davlatini o'z domiga tortdi. Urush boshlangach «Antanta» katta va'dalar evaziga Italiyani o'z tomoniga og'dirib olishga erishdi. Birinchi jahon urushida mutlaqo yangi qurollar - suvosti kemasi, xlorli gaz va tanklar qo'llanildi. Germaniya suvosti kemalari hatto yo'lovchi tashuvchi kemalarga ham hujum qildi. Jumladan, 200 dan ortiq yo'lovchisi bo'lgan «Luzitaniya» kemasi shulardan biri edi. Birinchi jahon urushi 1918-yilning kuzida Germaniya va ittifoqchilarining mag'lubiyati bilan tugadi. Bu mag'lubiyat oqibatida Germaniya, Avstriya-Vengriya va Usmoniylar imperiyalari parchalandi. Germaniyada imperator taxtdan ag'darildi. U chet elga qochib ketishga majbur bo'ldi. Buyuk Britaniya va Fransiya mag'lublarning mustamlakalariga ega bo'lib oldi. Rossiyada esa uch yuz yildan ortiq hukmronlik qilgan Romanovlar sulolasining hokimiyati 1917-yilda barham topdi. 1917-yilda urushga qo'shilgan AQSH urush qatnashchilariga qurol-yarog' sotish va qarz berish evaziga katta boylik orttirdi. Urushning insoniyat uchun fojiali oqibatlari. To'rt yildan ortiq davom etgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.33 MB
Ko'rishlar soni 529 marta
Ko'chirishlar soni 121 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.33 MB
Ko'rishlar soni 529 marta
Ko'chirishlar soni 121 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga