5-sinf Tarix dars ishlanma. Birinchi jahon urushi va Turkiston

5-sinf Tarix dars ishlanma. Birinchi jahon urushi va Turkiston

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Birinchi jahon urushi va Turkiston - rasmi

Material tavsifi

Birinchi jahon urushi va Turkiston 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 41-mavzu Urushning Turkistonga ta'siri. Birinchi jahon urushi Vatanimiz Turkistonni ham chetlab o'tgani yo'q. Chunki Turkiston Rossiya imperiyasining mustamlakasi edi. Turkiston hududida urush harakatlari olib borilmadi. Biroq urush yillarida mustamlakachi Rossiyaning Turkiston mahalliy aholisiga o'tkazayotgan zulmi yanada kuchaydi. 1916-yilda Rossiya imperatori Nikolay II farmoniga ko'ra, Turkistonning 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan erkak aholisi mardikorlikka safarbar etila boshlandi. Ular Rossiyaga borib qo'shin uchun mudofaa inshootlari, temir yo'llar qurish kabi ishlarda qatnashishlari lozim edi. Mardikorlikka olish natijasida ko'plab oilalar o'z boquvchilaridan ajrab qoldi. Qo'zg'olonning boshlanishi. Xalq qo'zg'oloni butun Turkiston o'lkasini qamrab oldi. Joylarda mustamlakachilarning askarlari bilan qonli to'qnashuvlar yuz berdi. Qo'zg'olonning faol ishtirokchisi Rizvonbibi Ahmadjonova amaldorlariga qarata: «Bizni o'ldirsanglar ham o'g'illarimizni bermaymiz», - deb baralla aytdi. Politsiyachilar Rizvonbibiga qarata o'q uzishdi. Jizzax qo'zg'oloni. Mardikorlikka olish to'g'risidagi farmondan norozilik, ayniqsa, Jizzaxda keskin tus oldi. Jizzaxdan jami 11 ming kishi mardikorlikka jo'natilishi kerak edi. Jizzaxliklar mardikorlikka olish to'g'risidagi farmonni bekor qilishni va mardikorlikka olinadiganlarning ro'yxatini tuzishni to'xtatishni talab qilib chiqdilar. Aslida bu milliy-ozodlik kurashi ham edi. Qo'zg'olonga Nazirxo'ja Abdusalomov va Abdurahmon jevachilar rahbarlik qildilar. Biroq kuchlar teng emas edi. Oqibatda qo'zg'olonchilar mag'lubiyatga uchradi. Qo'zg'olonning yengilish sabablari va ahamiyati. Qo'zg'olonchilar mustamlakachilarga qarshi kurashda hech qanday tajribaga ega emas edilar. Ular hech qanday maxsus tayyorgarlikdan o'tmaganlar ham. 1916-yilgi milliy-ozodlik harakati Rossiya imperiyasini qattiq sarosimaga solib qo'ydi. Uning Turkistondagi kuch-qudratini zaiflashtirdi. Qo'zg'olon Turkiston aholisini mardikorlikka safarbar etish to'g'risidagi farmonning to'la bajarilishiga yo'l qo'ymadi. Natijada mardikorlikka rejadagidan ikki barobar kam - jami 120 mingdan ortiq kishi yuborildi. Savol va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.88 MB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.88 MB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga