Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 44-mavzu BMTning tuzilishi sabablari. 1945-yilning avgust oyi Ikkinchi jahon urushi hamon davom etmoqda edi. AQSH dunyoga o'z kuch-qudratini namoyish etish maqsadida 6- va 9-avgust kunlari Yaponiyaning Xirosima hamda Nagasaki shaharlariga eng dahshatli qurol - atom bombasi tashladi. Atom bombasi - eng dahshatli qirg'in quroli. Bu bombaning portlashi to'lqini imoratlarni ag'darib tashlaydi. Undan tarqaladigan nur esa havoni, suvni va yerni zaharlaydi. Ming-minglab odamlar halok bo'ladi. Buning ustiga, atom bombasi tarqatadigan nur (radiatsiya) uzoq vaqtgacha o'zining haloqatli ta'sirini ko'rsatib turadi. 1945-yilda Yaponiyada aynan shunday bo'ldi. Yaponiyaning Xirosima shahridan uncha uzoq bo'lmagan joyda Sadako Sasaki ismli qizcha yashardi. Bomba portlagan paytda Sadako bor-yo'g'i ikki yoshda edi. Sadakoning yuzi yoki tanasi kuymagan bo'lsa ham, 9 yil o'tgach, Xirosima shahri tiklanganidan so'ng, 11 yoshida Sadako kasallanadi. Shifokorlar uning qon saratoni kasali bilan kasallanganligini aniqlab, uning bir yillik umri qolganini aytadilar. Sadako xotirasiga qurilgan yodgorlik «Bolalar tinchlik haykali» deb ataladi. U Xirosimadagi Tinchlik xiyoboniga o'rnatilgan. Yodgorlik toshiga quyidagi so'zlar o'yib yozilib qo'yilgan: Bu bizning ko'z yoshimiz, Bu bizning dunyomiz, Dunyoga - tinchlik. Yaponiyadagi «Bolalar tinchlik haykali». BMTning tuzilishi va uning maqsadlari. Tez orada bunday xalqaro tashkilot tuzildi. U Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) deb ataldi. - inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarashni rag'batlantirish. - butun dunyoda tinchlikni ta'minlash; Birlashgan Millatlar tashkilotining asosiy maqsadlari quyidagilar ekanligi belgilab qo'yildi: - dunyo xalqlari o'rtasida do'stlik munosabatlarini rivojlantirish; - dunyoda ocharchilik, kasallik va savodsizlikni tugatish borasida birgalikda harakat qilish; - ekologiya haloqatining oldini olish; BMT shtab kvartirasi (doimiy ish o'rni) AQSHning ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
417 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
417 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: pptx