5-sinf Tarix dars ishlanma. BMT va dunyo bolalari

5-sinf Tarix dars ishlanma. BMT va dunyo bolalari

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. BMT va dunyo bolalari - rasmi

Material tavsifi

BMT va dunyo bolalari 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 45-mavzu BMT bolalar huquqi himoyachisi. BMT doimo dunyo bolalari haqida ham g'amxo'rlik qilib kelmoqda. U ikkinchi jahon urushining bolalar boshiga solgan fojiali oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 1946-yilda «Bolalarga yordam ko'rsatish xalqaro jamg'armasi»ni tuzdi. YUNISEFning faoliyati 1946-yilda tuzilgan «Bolalarga yordam ko'rsatish xalqaro jamg'armasi» qisqartirilgan holda YUNISEF deb ataladi. U dastlab urushdan eng ko'p aziyat chekkan Yevropabolalariga yordam ko'rsatdi. YUNISEF yiliga 3 million bolaning hayotini saqlab qolmoqda. Bugungi kunda YUNISEFga 140 dan ortiq davlat a'zo. O'zbekiston Respublikasi 1994-yilda unga a'zo bo'lib kirdi va u bilan doimiy hamkorlik olib bormoqda. Chunki bu qit'alardagi bolalarning hayoti bilan bog'liq muammolar dolzarbligicha qolmoqda. YUNISEF yiliga 3 million bolaning hayotini saqlab qolmoqda. Bugungi kunda YUNISEFga 140 dan ortiq davlat a'zo. O'zbekiston Respublikasi 1994-yilda unga a'zo bo'lib kirdi va u bilan doimiy hamkorlik olib bormoqda. YUNISEF O'zbekiston hukumati bilan bolalarni emlash, vaksinalar yetkazib berish va Orolbo'yi aholisiga yordam ko'rsatish kabi sohalarda hamkorlik qilmoqda. BMT 1989-yilda «Bola huquqlari to'g'risida» deb ataluvchi xalqaro Konvensiyani qabul qildi. Unda 18 yoshgacha bo'lgan fuqarolarning bola hisoblanishi qayd etildi. YUNISEF mablag'i. A'zo davlatlar har yili tashkilot hisobiga ma'lum miqdorda mablag' ajratadilar. Shuningdek, ayrim shaxslarning xayr-ehsoni hisobiga ham mablag' to'planadi. 1949-yil Jamg'arma Chexiya bolalariga yordam ko'rsatmoqda edi. Yordam ko'rsatilayotgan bolalar orasida rasm chizishga juda iqtidorli 7 yoshli Yitka Samkova ham bor edi. Jamg'arma yordamidan quvongan Yitka (uning sinfdoshlari ham behad xursand edilar) oyna parchalariga Jamg'arma uchun rangli rasmlar chizib beradi. Bu rasmlar Jamg'arma xodimlariga juda yoqib qoladi. Ular rasmlarni Nyu-York shahriga yuboradilar. Jamg'arma xodimlari Yitka ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.95 MB
Ko'rishlar soni 494 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.95 MB
Ko'rishlar soni 494 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga