5-sinf Tarix dars ishlanma. Dunyoning qadimgi davlatlari

5-sinf Tarix dars ishlanma. Dunyoning qadimgi davlatlari

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Dunyoning qadimgi davlatlari - rasmi

Material tavsifi

Dunyoning qadimgi davlatlari 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 14-mavzu Qadimgi Misr va Bobil davlatlari. Davlat - ma'lum bir hududda uyushgan odamlar (kishilik jamiyati)ni qonun kuchi bilan boshqaradigan tashkilotdir. Davlat dastlab miloddan avvalgi to'rtinchi ming yillik boshlarida Afrika qit'asidagi Misr hududida tashkil topdi. Davlatning ichki hayoti o'zaro urushlarsiz kechmagan. Uzoq davom etgan bu urushlar Misrni zaiflashtirdi. Ikki daryo oralig'idagi davlatlar. Osiyo qit'asining Misrdan uncha uzoq bo'lmagan qismida Frot va Dajla daryolari mavjud. Mesopotamiyada miloddan avvalgi 2-ming yillikda Bobil davlati tashkil topdi. Podsho Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylandi. Podsho Xammurapi Qadimgi Xitoy va Hindistonda davlatning vujudga kelishi. Miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikda Xitoyning Xuanxe daryosi etaklarida dastlabki davlatlar vujudga keldi. Ulardan biri - Sin davlati hukmdori Sin Shi Xuandi miloddan avvalgi II asrda Xitoyni yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Sin Shi Xuandi Xitoyda astronomiya, tibbiyot, geografiya ilmlari hamda dehqonchilik rivojlandi. Hamma sevib ichadigan choyni xitoyliklar yetishtirganlar. Kompasni ham birinchi bo'lib xitoyliklar ixtiro qildilar. Hindistonda esa dastlabki davlatlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda tashkil topdi. Xitoy olimlari o'z mamlakati tarixini yoritishga astoydil urindilar. Bu ishni amalga oshirish tarixchi olim Sima Syanga nasib etdi (miloddan avvalgi II-I asr boshlari). Sima Syan Miloddan avvalgi II asrda podsho Ashoka Hindistonni yagona davlatga birlashtirishga erishdi. Hindlar ilm-fan sohasida ham katta yutuqlarga erishdilar. Xususan, ular «0» (nol) bilan boshlanadigan o'nta raqamni kashf etdilar. Natijada o'nta raqam orqali istagan sonni ifodalash mumkin bo'ldi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.02 MB
Ko'rishlar soni 265 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.02 MB
Ko'rishlar soni 265 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga