5-sinf Tarix dars ishlanma. Gitler Germaniyasi ustidan qozonilgan g'alabaga O'zbekistonning qo'shgan hissasi

5-sinf Tarix dars ishlanma. Gitler Germaniyasi ustidan qozonilgan g'alabaga O'zbekistonning qo'shgan hissasi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Gitler Germaniyasi ustidan qozonilgan g'alabaga O'zbekistonning qo'shgan hissasi - rasmi

Material tavsifi

Gitler Germaniyasi ustidan qozonilgan g'alabaga O'zbekistonning qo'shgan hissasi 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 43-mavzu O'zbekiston xalqining mehnat jasoratlari. Ikkinchi jahon urushi yillarida O'zbekiston hali sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida edi. Binobarin, 1941-yilning 22-iyunida Gitler Germaniyasi sobiq Sovet Ittifoqiga hujum qilgach, O'zbekiston ham urushga tortildi. Sobiq Sovet Ittifoqi hukumati Germaniya bosib olishi mumkin bo'lgan hududlarda joylashgan sanoat korxonalarining yuzdan ortig'ini O'zbekistonga ko'chirdi. O'zbekiston urush yillarida frontga 2100 ta samolyot, 1700 donadan ortiq samolyot motori, 2 milliondan ortiq aviabomba, 330 ming dona parashyut va boshqa qurol-yarog' hamda harbiy anjomlar yetkazib berdi. O'zbekiston mehnatkashlari tomonidan yasalgan tanklar. Qishloq mehnatkashlarining jasorati. O'zbekistonning qishloq aholisi esa frontni zarur oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta'minlashda ulkan fidoiylik ko'rsatdi. Erkaklar urushga safarbar etilgani uchun qishloq xo'jaligida ishchi kuchi yetishmay qoldi. Ularning o'rnini ayollar va bolalar egallashdi. Xalqimiz ana shunday og'ir vaziyatda kunni kun, tunni tun demasdan, mashaqqatli mehnat qilib, front uchun, g'alaba uchun munosib hissa qo'shdilar. Ulkan saxovat. Gitler Germaniyasiga qarshi kurashda O'zbekiston aholisi ham ulkan saxovat ko'rsatdi. Chunonchi, ular mamlakat mudofaa jamg'armasiga 650 mln. so'mdan ziyod pul, 55 kg ga yaqin tilla va boshqa qimmatbaho buyumlar topshirdilar. Sobiq Sovet Ittifoqi hukumati mamlakat hududining urush harakatlari ketayotgan joylarida yashovchi tinch aholining bir qismini mamlakat ichkarisiga ko'chirdi. Shulardan bir milliondan ortig'I O'zbekistonga keltirildi. O'zbekistonlik askarlarning frontdagi jasoratlari. Ikkinchi jahon urushi frontlariga yuborilgan bir yarim milliondan ko'proq O'zbekistonlik askarlar dushmanga qarshi mardona jang qildilar. Gitler Germaniyasining hujumini birinchilardan bo'lib qarshi olgan Germaniyaga chegaradosh Brest qal'asi bo'ldi. Qal'ani himoya qilganlar orasida O'zbekistonliklar ham bor edi. Ikkinchi jahon urushi yillarida 500 mingga yaqin ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.61 MB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.61 MB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga