Ishlab chiqarish texnikasining paydo bo'lishi 5-sinf tarix fani darsligi asosida 20-mavzu Ishlab chiqarish texnikasi inson mehnatini yengillashtiradigan va mehnat unumdorligini ko'p marotaba oshirishga imkon beradigan mehnat qurollaridir. Texnikaning avvalgi mehnat qurollaridan asosiy farqi - uning ishlab chiqarishda inson qo'l mehnatini keskin kamaytirishi yoki unga umuman o'rin qoldirmasligidir. Motiga, omoch, plug, charxpalak, urchuq, charx, to'quvchilik dastgohlari, shamol tegirmoni va boshqalar odam qo'l mehnatini eng ko'p darajada yengillashtirishga imkon beradigan texnikani yaratish yo'lidagi dastlabki ixtirolar bo'ldi. Sanoatda ishlab chiqarish texnikasining paydo bo'lish sabablari. Sanoat xo'jalikning texnika yordamida xom-ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan sohasidir. Sanoatda ishlab chiqarish texnikasining qo'llanishi XVII asrga kelib dastlab Angliyada yuz berdi. Angliya sarmoyadorlari chet ellarga yanada ko'proq, birinchi navbatda eng xaridorgir to'qimachilik sanoat mahsulotlarini olib chiqib sotish va undan katta boylik orttirishga intildilar. Buyuk ixtirolarning boshlanishi. Angliyada ishlab chiqarish texnikasidagi ixtirolar dastlab to'qimachilik sohasida boshlandi. Bunga sifatli matolarga talabning tobora ortib borishi sabab bo'ldi. Dastlabki ixtiro XVII asrda amalga oshirildi. Chunonchi, 1733-yilda mexanik va to'quvchi Jon Key to'quv dastgohini ixtiro qildi. Jon Keyning ixtirosi mehnat unumdorligini ikki marta oshirishga imkon berdi. Bu davrda Angliyada yigirilgan ipga ham talab oshib bordi. Jeyms Xargrivs tomonidan bir vaqtning o'zida 15-18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq ixtiro qilinishiga olib keldi. Jeyms Xargrivs Bug' mashinasining ixtiro qilinishi. Fabrika ishlab chiqarishning yanada unumliroq bo'lishi uchun faqat suv bor joyda emas, istagan joyda ishlatish mumkin bo'lgan texnika kerak edi. Tez orada bunday texnikani angliyalik Jeyms Uatt ixtiro qildi. Bu - birinchi dvigatel (motor), ya'ni harakatga keltiruvchi texnika edi. Jeyms Uatt yashagan davrda benzin yoki gazdan foydalanish ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.46 MB
Ko'rishlar soni
584 marta
Ko'chirishlar soni
75 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.46 MB
Ko'rishlar soni
584 marta
Ko'chirishlar soni
75 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: pptx