Kalendarlar tarixidan 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 2-mavzu Kalendar tarixi. «Kalendar» lotincha so'z bo'lib, o'zbek tilida «qarz daftari», «har oyning birinchi kuni» degan ma'nolarni anglatadi. Hayotimizda esa kalendar vaqtning kunlarga, haftalarga, oylarga va yillarga bo'lib hisoblanishidir. Kalendarda yil, oy va kunlarning nomlari yozib qo'yilgan bo'ladi. Kalendarlar bizning bobolarimiz tomonidan «taqvim»lar deb yuritilgan. Hozir dunyoning ko'p davlatlarida, shuningdek O'zbekistonda ham foydalanilayotgan kalendar «Grigorian kalendari» deb ataladi. Kalendarning vatani. Dastlabki kalendar qadimgi Misrda yaratildi. Misrliklar o'zlari uchun hayot-mamot masalasi bo'lgan Nil daryosining qachon toshishini kuzatganlar. yo'liy kalendari. Qadimgi Rim davlati hukmdori yo'liy Sezar mil.av. 46-yilda yangi kalendar joriy etdi va yil boshini 1-yanvarga ko'chirdi. Yangi calendar yo'liy kalendari deb ataldi. yo'liy Sezar Misrliklar kalendarida har 4 yilda to'planib qoladigan bir kunni yo'qotish uchun fevral oyi to'rt yilda bir marta 29 kun davom etadigan qilib belgilandi. Fevral oyi 29 kun bo'lib keladigan yilda bir yil 366 kunni tashkil etdi. Biroq, yo'liy kalendari bo'yicha olib boriladigan yil hisobida ham xatolik bor edi. Kalendardagi bu xatolik milodning 1582-yiliga kelib 10 kunni tashkil etdi. Oqibatda 1583-yilda bahorgi tengkunlikning 21-martga emas, 11-martga to'g'ri kelib qolishi xavfi tug'ildi. Rim kalendari Grigorian kalendari. Bu xavfni bartaraf etish maqsadida Rim papasi Grigoriy XII boshchiligida yangi kalendar joriy etildi. U yuqorida ta'kidlanganidek, «Grigorian kalendari» deb ataldi. Bu kalendarni joriy etganlar taklifi bilan 1582-yilning 4-oktabr kuni nihoyasiga yetgach birdaniga 15-oktabrga o'tildi, ya'ni o'rtadagi 10 kun tashlab yuborildi. yo'liy kalendari bo'yicha yil hisobida vujudga kelgan 10 kunlik farq shu yo'l bilan barham topdi. Bahorgi tengkunlik yana 21-martga to'g'ri keladigan bo'ldi. Avvalgi xatolik yana ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.15 MB
Ko'rishlar soni
630 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.15 MB
Ko'rishlar soni
630 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: pptx