5-sinf Tarix dars ishlanma. Ma'naviy va ma'rifiy yuksalish

5-sinf Tarix dars ishlanma. Ma'naviy va ma'rifiy yuksalish

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Ma'naviy va ma'rifiy yuksalish - rasmi

Material tavsifi

5-sinf Tarix fani darsligi asosida 48-mavzu Ma'naviy va ma'rifiy yuksalish Milliy va ma'naviy qadriyatlarning tiklanishi. Milliy va ma'naviy qadriyatlar asrlar davomida yaratiladi. Ular davr, hayot o'zgarishi bilan yo'q bo'lib ketmaydi. Aksincha, keyingi avlodlar uchun meros bo'lib qoladi. Ular ham o'zidan keyingi avlodga meros qilib qoldiradi. Keyingi avlodlar esa ularni yanada boyitadi. Navro'zning tiklanishi. Navro'z bayrami xalqimizning qadimiy qadriyatidir. U qadimda shunday e'zozli bayram bo'lganki, u nishonlanayotgan kunlarda hatto urushlar to'xtatilgan. Navro'zning yana bir o'ziga xos jihati shundaki, aynan u nishonlanadigan vaqtda xalq rizq-ro'zining asosi bo'lmish dehqonchilik ishlari ham boshlangan. 1990-yilda O'zbekiston hukumati bunga chek qo'ydi. Shu yildan boshlab Respublikamizda Navro'z qayta tiklandi. 21-mart Navro'z milliy xalq bayrami hamda dam olish kuni deb belgilandi. Diniy bayramlarning tiklanishi. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 1991-yildan boshlab Qurbon hayiti va 1992-yildan boshlab esa Ramazon hayitlarining birinchi kuni dam olish kuni deb belgilandi. Buyuk bobolarimiz qutlug' nomlarining ulug'lanishi. 1991-yildayoq buyuk shoir, o'zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi nishonlandi. Mamlakatimizda millatlararo totuvlik. O'zbekiston ham ko'p millatli davlatdir. Unda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. O'zbek xalqiga boshqa xalqlarga mensimaslik yoki past nazar bilan qarash yot narsa. O'zbekistonning har bir fuqarosi qaysi millatga mansubligidan qat'i nazar qonun oldida teng deb e'lon qilindi. Diniy bag'rikenglik. Har bir davlat hayotining osoyishta kechishi, fuqarolarining tinch-totuv yashashi diniy bag'rikenglikning nechog'lik mustahkam qaror topganligiga ham bog'liqdir. O'zbekiston hududida qadim-qadimdan turli dinlar yonma-yon yashab keldi. Ularga e'tiqod qiluvchilar o'z diniy amallarini erkin ado etib kelishgan. Shu tariqa turli diniy e'tiqodlarga amal qiluvchi mamlakatimiz fuqarolari o'rtasida diniy bag'rikenglik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.7 MB
Ko'rishlar soni 351 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.7 MB
Ko'rishlar soni 351 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga