Maktab - bilim o'chog'i 5-sinf tarix fani darsligi asosida 23-mavzu Insoniyat hayotida maktabning o'rni. Mana, beshinchi yildirki, Siz maktabning sinfdoshlaringiz va o'zingizning shaxsiy hayotingizda qanday o'rin tutib kelayotganligini bilib bormoqdasiz. Odamlar maktablarda xat-savod o'rganadilar. Turli fanlarga oid bilimlarni egallaydilar. Maktabda barcha fanlardan a'lo bahoga o'qigan o'quvchilarning hayotda qanday muvaffaqiyatlarga erishayotganligiga o'zingiz guvohsiz. «Umid nihollari» sport musobaqalarida, «Zulfiyaxonim qizlari» tanlovlarida yoki fanlar bo'yicha o'tkazilayotgan xalqaro fan olimpiadalarida g'olib chiqayotgan yurtdoshlaringizni bir ko'z oldingizga keltiringa. O'tmishda jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan buyuk bobolarimiz ham maktablarda a'lo baholarga o'qiganlar. Maktab ayni paytda tarbiya beradigan joy hamdir. Barcha zamonlarda shunday bo'lgan, hozir ham shunday. Siz maktablarda ta'lim-tarbiya berayotgan kishilarni muallim, ustoz yoki murabbiy kabi so'zlar bilan atalishini ham bilasiz. Ular bir so'z bilan pedagog deb ham ataladilar. Qadimgi Yunoniston (Gretsiya)da quldorlarning bolalarini maktabga yetaklab boradigan kishilar pedagog deb atalgan. Ilk maktablar Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda, O'rta Osiyoda, Yevropada esa Yunoniston va Rim davlatlarida paydo bo'ldi. Pedagog O'quvchi To'g'ri, ilk maktablar hozirgi zamon maktablari ko'rinishida bo'lmagan. Ularga qabul qilishda bolalarning yoshi hisobga olinmagan. Bolalarni yoshiga qarab sinflarga bo'lib o'qitish va dars mashg'ulotlarini jadval asosida tashkil etish XVII asrda dastlab Yevropada amalga oshirildi. Bu yangilikning asoschisi chexiyalik mashhur olim Yan Amos Komenskiy bo'ldi. Yan Amos Komenskiy O'rta Osiyoda ta'lim. O'rta Osiyoda, shu jumladan, bizning yurtimizda barcha zamonlarda bolalarning ta'lim-tarbiyasiga katta e'tibor bilan qaralgan. Qorixona. O'qish-yozish malakasini hosil qilgan, yod olish qobiliyati kuchli, ovozi nihoyatda ta'sirli o'g'il bolalar 10 yoshidan qorixonalarda qabul qilingan. Xorazm Ma'mun akademiyasi. U yoki bu davlatda ilm-fan taraqqiyoti davlat hukmdorining ilm-fan ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.18 MB
Ko'rishlar soni
271 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.18 MB
Ko'rishlar soni
271 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: pptx