Muzeylar 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 11-mavzu Muzeylar tarixiy yodgorliklarni asrovchi, saqlovchi, o'rganuvchi va xalqqa namoyish qiluvchi muassasadir. Muzeylar kishilarning o'zlari uchun qadrli va yodgorlik bo'lib qoladigan buyumlarni to'plab, ularni kelgusi avlodlarga qoldirish ehtiyoji natijasida paydo bo'ldi. Tarixga, adabiyot va san'atga, texnikaga, tibbiyotga, hayvonot olamiga, harbiy qurol-yarog' kabilarga oid muzeylar mavjuddir. Muzeylarning turlari juda ko'p. Muzeylar dastlab ibodatxonalarda tashkil etilgan. Yevropada ko'plab muzeylarning tashkil etilishi XIV-XVII asrlarga to'g'ri keladi. Jahonning mashhur muzeylari. AQSH, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi jahonning mashhur muzeylari joylashgan mamlakatlar hisoblanadi. Ermitaj (Sankt-Peterburg). Luvr muzeyi (Parij). Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Ermitaj, Parijdagi Luvr, Londondagi Britaniya muzeyi, Italiyadagi Uffitsi kabi dunyoga dong'I ketgan muzeylarning kolleksiyalari tarkibida tarixiy buyumlarning nodir nusxalari saqlanadi. Parijdagi «Luvr» muzeyida qadimgi Misr, Yunoniston va qadimgi Rimda yaratilgan noyob san'at durdonalarining asl nusxalari saqlanadi. O'zbekiston Respublikasining muzeylari. O'zbekiston Respublikasida ham ko'plab muzeylar mavjud. Bu muzeylardagi eksponatlar jahonning mashhur muzeylari eksponatlaridan qolishmaydi. Hozirgi kunda Respublikamizda O'zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O'zbekiston san'at muzeyi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O'zbekistonning o'tmish tarixini ko'z-ko'z qilib turadi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yilda bunyod etilgan. Balandligi 31 metr bo'lgan muzey binosi uch qavatlidir. Muzey ko'rgazma zalining markazida devorga ajoyib tasviriy san'at asari ishlangan. Unga «Buyuk Sohibqiron - buyuk bunyodkor» deb nom berilgan. «Yuksalish» qismida buyuk bobomiz hayotida doimo amal qilgan «Rosti-rusti», ya'ni «Tog'rilik najotdir» degan shiori oltin harflar bilan yozib qo'yilgan. «Faxrlanish» qismida esa Amir Temur va temuriylar davri merosining avloddan avlodga o'tib kelayotganligi g'oyasi tasvirlangan. O'zbekiston tarixi davlat muzeyi (Toshkent). ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.52 MB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.52 MB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: pptx