O'zbekiston iqtisodiyotidagi yutuqlar 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 47-mavzu O'zbekistonning g'alla mustaqilligi. G'alla (bug'doy) xalqimizning rizq-ro'zi. O'zbekiston mustamlaka bo'lgan davrlarda sobiq Sovet Ittifoqini paxta bilan ta'minlab keldi. O'zbekiston o'z aholisi uchun zarur g'allaning asosiy qismini sobiq Sovet Ittifoqidan o'z paxtasi evaziga olardi va u yiliga salkam 3 million tonnani tashkil etardi. Bunday og'ir sharoitdan chiqish uchun Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatning g'alla mustaqilligiga erishishi haqida qaror qabul qilindi. Paxtadan bo'shagan yerlarda g'alla yetishtirila boshlandi. Ayni paytda har gektar yerdan olinadigan don hosildorligini oshirish choralari ko'rildi. Bu harakat tez orada o'z samarasini berdi. G'alla o'rimi Neft mustaqilligi. Siz neft nimaligini yaxshi bilasiz. Uning kishilik jamiyati barqarorligi uchun ahamiyati nihoyatda ulkandir. Neft Shuning uchun ham u «qora oltin» deb ham yuritiladi. Neftdan olinadigan mahsulotlar. Bular benzin, kerosin, solyarka va boshqa yonilg'ilardir. O'zbekistonda AQSH va Yaponiya bilan hamkorlikda qator neft konlari ishga tushirildi. Natijada neft qazib olish yildan yilga ortib bordi. O'zbekiston paxtasining dunyodagi o'rni. O'zbekiston dunyoda o'zining paxtasi bilan ham mashhur. Respublikamiz dunyoda paxta yetishtirish va uni chet davlatlarga sotish bo'yicha yetakchi o'rinda turadi. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Toshkentda «xalqaro O'zbekiston paxta yarmarkasi» o'tkazilib kelinmoqda va u o'zbek paxtasining o'ziga xos jahon bozori vazifasini o'tamoqda. Zamonaviy sanoat. Zamonaviy sanoatsiz xalq xo'jaligini taraqqiy ettirib bo'lmaydi. Faraz qiling, elektr energiyasi (tok) ishlab chiqarish kamayib ketdi. Mashinasozlik sanoatisiz O'zbekiston zamonaviy yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi mamlakatga aylandi. Bir-biridan ajoyib yengil mashinalar ishlab chiqarilayotganli- giga o'zingiz ham guvohsiz. Kimyo sanoatisiz ham qishloq xo'jaligining rivojlanishini tasavvur etib bo'lmaydi. Mineral o'g'itlar yordamida ekinlarning hosildorligini oshirish, kimyoviy vositalar ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.86 MB
Ko'rishlar soni
473 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.86 MB
Ko'rishlar soni
473 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: pptx