O'zbekiston poytaxti Toshkent - 2200 yoshda 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 37-mavzu Toshkentning qadimgi o'rni. Bugungi Toshkent shahri 2200 yillik tarixga ega. Arxeolog olimlar uzoq yillik izlanishlardan so'ng Toshkent shahrining qadimgi o'rni hozirgi temiryo'l vokzali yaqinida, Salar kanali sohilida joylashganligini aniqladilar. Bu joy «Ming o'rik» va «Ming o'rik tepa» nomlari bilan atalgan. Shaharning bunday nomi bilan atalganligiga bu joyda katta o'rikzor barpo etilganligi sabab bo'lgan. «Toshkent» atamasi haqida. Milodning dastlabki asrlariga oid Xitoy manbalarida Toshkent «Shi» nomi bilan tilga olinadi. Bu nom «Tosh shahar» degan ma'noni anglatadi. Shahar atrofi kuchli mudofaa devori bilan o'rab olingan. Arablargacha bo'lgan davrda shahar ichi ark va shahristonga ajratildi. Arkda hukmdor saroyi va ibodatxona joylashgan. Shaharning amaldorlar yashaydigan qismi shahriston, hunarmandlar yashaydigan qismi esa rabot deb ataldi. Toshkent xalqaro savdo karvon yo'lida joylashganligi tufayli shaharda hunarmandchilikning turli sohalari yuksak taraqqiy etdi. Arxeolog olimlar shahar hududidan turli mamlakatlarning tanga pullarini topishdi. Bu esa Toshkentning qizg'in savdo markazi ham bo'lganligini tasdiqlaydi. Toshkent - mustaqil O'zbekiston davlatining poytaxti. Toshkentning poytaxtlik maqomi O'zbekiston Konstitutsiyasining 6-moddasida ham yozib qo'yildi. Toshkent shahri bugungi kunda nafaqat Markaziy Osiyoning, ayni paytda dunyoning ham eng go'zal shaharlaridan biriga aylanmoqda. 1991-yilda shaharda barpo etilgan Alisher Navoiy nomli O'zbekiston Milliy bog'i bu bunyodkorlikning debochasi bo'ldi. Bog'da bobomizning purviqor haykali ham o'rnatilib, u diyorimizning eng go'zal va asosiy sayilgohiga aylandi. Har yili yurtimizda nishonlanayotgan «Mustaqillik kuni» va Navro'z bayramlariga bag'ishlangan Respublika tantanalari shu bog'da o'tkazilmoqda. Bosh maydonimiz - Mustaqillik maydonida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hammamizning ko'nglimizni faxr va g'ururga to'ldirdi. Mustaqillik va ezgulik monumenti. Poytaxtimizdagi bu o'zgarishlar ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.66 MB
Ko'rishlar soni
472 marta
Ko'chirishlar soni
81 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.66 MB
Ko'rishlar soni
472 marta
Ko'chirishlar soni
81 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: pptx