5-sinf Tarix dars ishlanma. O'zbekiston va jahon

5-sinf Tarix dars ishlanma. O'zbekiston va jahon

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. O'zbekiston va jahon - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston va jahon 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 49-mavzu O'zbekistonning davlat mustaqilligi dunyo davlatlari tomonidan birin-ketin tan olindi. Mustaqil O'zbekiston chet davlatlar bilan tenglik asosida hamkorlik qilishni boshladi. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov tanlangan yo'l haqida bunday degan edi: «O'zbekiston hech kimdan sadaqa so'ramaydi, faqat tengma-teng hamkorlikka tayyor». O'zbekiston, avvalo, Rossiya Federatsiyasi bilan har tomonlama hamkorlik qilishga katta e'tibor berdi Ikki davlat o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari haqida shartnoma imzolandi Shartnoma har ikki davlat manfaatlariga birday xizmat qilmoqda. Rossiya Federatsiyasi O'zbekistonning eng yirik savdo hamkori hamdir. O'zbekiston Osiyoning Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya va Singapur kabi eng rivojlangan davlatlari bilan mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'ya oldi. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin. Mamlakatimizda bu davlatlar ishtirokida tashkil etilgan ko'plab qo'shma korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Ular bilan savdo-iqtisodiy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda. Chunonchi, 2013-yilda O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi savdo aylanmasi 5 mlrd. AQSH dollaridan ortdi. O'zbekiston Xitoy bilan Osiyoda mustahkam tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash borasida ham yaqindan hamkorlik qilmoqda. Islom Karimovning 2014-yilda Xitoyda, Xitoy rahbarining O'zbekistonda bo'lishi har ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Janubiy Koreya bilan hamkorlik O'zbekistonning dunyoda yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatga aylanishida muhim rol o'ynadi. Janubiy Koreyaning «DAEWOO» kompaniyasi bilan hamkorlikda Asaka shahrida avtomobil zavodi qurildi. 1996-yil 26-mart kuni birinchi avtomobil ishlab chiqarildi. Shu tariqa O'zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-davlatga aylandi. O'zbekiston dunyoning eng qudratli davlati AQSH bilan, uning qator kompaniya va korporatsiyalari, jumladan, «Jeneral Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlik qilmoqda. O'zbekiston mintaqaviy tashkilotlar bilan ham hamkorlik qiladi. Savol va topshiriqlar 1. O'zbekiston va Rossiya ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.39 MB
Ko'rishlar soni 281 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.39 MB
Ko'rishlar soni 281 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga