5-sinf Tarix fanidan O'zbekistonning tarixiy shaharlari dars ishlanma va slayd taqdimot
MAVZU: O'zbekistonning tarixiy shaharlari Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarda O'zbekistondagi eng qadimgi shaharlar Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz haqida bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: 1.O'quvchilarni o'z ustilarida mustaqil ishlashga o'rgatish. 2.Komil insoniylik, Vatanparvarlik, Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalash. 3.Ajdodlarimiz qoldirgan ma'naviy va madaniy meroslarni ko'z qorachig'iday asrab avaylashga o'rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: 1. O'quvchilarni darsga oldindan tayorgarliklarini his qildirish. 2. Tarix faniga qiziqishlarini dars davomida turli musobaqalar uyushtirish yo'li bilan oshirib borish. 3. Yakka va guruh bo'lib ishlashga o'rgatish. Tayanch kompetensiya elementlari: Kommunikativlik:o'z fikrini og'zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to'g'ri qo'ya olish va javob berish; Milliy va umummadaniy:umumbashariy ahamiyatga ega bo'lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an'analar va.h.k.) hurmat qilish. Dars turi: yangi tushuncha,bilimlarni shakllantiruvchi,aralash. Dars metodi: Guruhlar bilan ishlash,Alifbo,Bingo mashqi,Sirli quticha Dars jihozi: darslik, dars ishlanma,vatman,markerlar,plakatlar ko'rgazmali qurollar, tarqatma va didaktik materiallar . Texnika vositalari: video proyektor,kompyuter. Dars shiori: Tarixiy xotirasiz - kelajak yo'q. Baholash: O'quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanadi (o'quvchilar partadoshlarini dars bosqichlarida ishtirokiga qarab yulduzchalar yopishtirib borishadi va ularning soniga qarab baholanishadi), dars oxirida e'lon qilinadi Darsning blok sxemasi: Darsning borishi: 1.tashkiliy qism: O'quvchilarni darsga jalb qilish,salomlashish, davomatni aniqlash. Ma'naviy-siyosiy daqiqa: O'quvchilar darsning shiorini aytib o'tishadi. Tarixiy xotirasiz - kelajak yo'q. O'qituvchi: Darxaqiqat, bugungi davrdagi eng katta va mas'uliyatli vazifalarimizdan biri bu tariximizni mukammal o'rganib borish, ajdodlarimizni xotirlab turishdan iborat. Shunday ekan keling shonli tariximizga yuksak hurmat tariqasida buyuk siymolarimiz-tariximiz ustunlarini madh etuvchi she'rlardan aytib o'tsak. Buyuk siymolar haqida she'rlar aytib o'tiladi. O'qituvchi :Barakalla bolajonlar! ...