5-sinf Tarix dars ishlanma. Qadimgi odamlarning turmush tarzi

5-sinf Tarix dars ishlanma. Qadimgi odamlarning turmush tarzi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Qadimgi odamlarning turmush tarzi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi odamlarning turmush tarzi 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 6-mavzu Qadimgi odamlarning mehnat qurollari. Qadimgi odamlar toshga ishlov berib uni mehnat quroliga aylantirganlar. Ishlov berilib, bodom shaklida yasalgan va foydalanilgan tosh qurolning uzunligi 10-20 santimetrni tashkil etgan. Og'irligi esa besh yuz grammdan bir kilogrammgacha bo'lgan. Bu dastlabki mehnat qurolining ikki tomoni boshqa tosh bilan tarashlangan. Undan biror narsani urish, kesish, o'yish va ko'zlangan masofaga irg'itish quroli sifatida foydalanilgan. Toshdan va tayoqdan yasalgan mehnat qurollari Qadimgi odamlar o'z mehnatlarini yengillashtirish maqsadida mehnat qurollarini yanada takomillashtirib borganlar. Neandertal odami toshdan uchi yanada uchqurroq ish qurolini yaratgan. Suyakdan esa kundalik hayotiy ehtiyojlar uchun zarur bo'lgan turli xildagi o'tkir uchli mayda mehnat qurollari yaratgan. Kromanyon odami toshdan pichoq, nayza, turli xil keskich, qirg'ich, bigiz, suyakdan esa igna, qarmoq, sanchqi yaratgan. Suyakdan igna yasab tikishni kashf etdi. Sun'iy olov hosil qilishni o'rganib oldi. Keyinchalik o'q-yoy ixtiro qildi. Ayni paytda odamlarning itni qo'lga o'rgatishi, kundalik iste'moldan ortiqcha hayvon ovlana boshlagach esa yovvoyi hayvonlarni uy hayvonlariga aylantira borishi natijasida chorvachilik vujudga keldi. Vaqtlar o'tishi bilan inson temir uchli omoch, temir bolta va boshqa muhim mehnat qurollari yaratadi. Ovchi. Turli uy-ro'zg'or buyumlariga ehtiyoj seza boshladilar. Bu esa hunarmandchilikni vujudga keltirdi. Hunarmand. Qadimgi odamlarning yashash joylari. Qadimgi odamlar dastlab ulkan daraxtlarning kovaklarida va g'orlarda yashaganlar. Qadimgi odamlarning uy-joyi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.43 MB
Ko'rishlar soni 248 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.43 MB
Ko'rishlar soni 248 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga