5-sinf Tarix dars ishlanma. Qadimgi shaharlarning paydo bo'lishi

5-sinf Tarix dars ishlanma. Qadimgi shaharlarning paydo bo'lishi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Qadimgi shaharlarning paydo bo'lishi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi shaharlarning paydo bo'lishi 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 13-mavzu Shaharlarning paydo bo'lishi. Shahar deyilganda yirik obod manzilgoh tushuniladi. Shaharlarning paydo bo'lishi hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi bilan bog'liq. Dunyoda shaharlar miloddan avvalgi 5-3-ming yilliklarda dastlab Sharqda - Mesopotamiya, Misr, Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda paydo bo'ldi. Qadimgi Misr shaharlari. Hunarmand va savdogarlar to'planib yashayotgan manzillar tobora gavjumlashib bordi. Asta-sekinlik bilan bu gavjum manzilgohlar shaharlarga aylandi. Shaharlarda katta-katta bozorlar soni tobora ortib bordi. Memfis shahri Eng qadimgi shaharlardan biri Qadimgi Misr davlatining poytaxti Memfis shahri edi. Shahar Misrni yagona davlatga birlashtirgan podsho Menes tomonidan qurilgan. Podsho Menes Shahar yirik madaniy va hunarmandchilik markazi ham edi. Misr davlatining hukmdorlari fir'avnlar deb atalgan. Fir'avnlar Fir'avnlar o'zlarining qudratini namoyish etish maqsadida piramidalar shaklidagi ulkan maqbaralar qurdira boshladilar. Bobil shahri. Bobil ham qadimgi shaharlardan biri. U bunyod etilgan hudud hozirgi Iroq davlati tarkibiga kiradi. Shahar qadimgi Bobil davlatining poytaxti bo'lgan. Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil Osiyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Shahar markazida 7 qavatli, balandligi 90 metrli ibodatxona minorasi qurildi. Navuxodonosor II Nineviya shahri. Nineviya shahri ham dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri. Unga Dajla daryosi bo'yida asos solindi. Nineviya shahri Dajla daryosi Afina shahri. Yunonistonda bunyod etilgan Afina shahri bilim va donolik ma'budasi Afina nomiga qo'yilgan. Afina shahri Sparta shahri. Qadimgi Yunonistonning hududida qurilgan Sparta shahri ham o'z davrining yirik shaharlaridan biri edi. Spartani oqsoqollar kengashi boshqargan. Rim shahri. Manbalarda qayd etilishicha, hozirgi Italiya davlatining poytaxti Rim shahriga miloddan avvalgi 753-yilda asos solindi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.2 MB
Ko'rishlar soni 264 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.2 MB
Ko'rishlar soni 264 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga