5-sinf Tarix dars ishlanma. Qoyatosh suratlari

5-sinf Tarix dars ishlanma. Qoyatosh suratlari

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Qoyatosh suratlari - rasmi

Material tavsifi

Qoyatosh suratlari 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 8-mavzu Ilk san'at namunasi. Qadimgi ajdodlarimiz qoyatoshlarga chizib qoldirgan rasmlar ibtidoiy san'at namunalaridir. Ular tarix uchun juda qimmatli tarixiy yodgorliklar hisoblanadi. Qoyatosh suratlarining o'ziga xos tomoni shundaki, ular insoniyat tomonidan hali yozuv paydo bo'lmasidan oldin yaratilgan. Ularda qadimgi odamlarning kundalik hayoti, turmush tarzi, diniy e'tiqodi, mashg'ulotlari va odatlari ifodalangan. Bu suratlar tarix uchun o'sha davrda odamlar ko'proq qanday hayvonlarni ovlaganligi va ular buni qay tarzda bajarganligi haqida qiziqarli ma'lumotlar beradi. Altamira, Kapovaya va Lasko g'orlari. Mil.avv. 15-8-ming yilliklarda qoyatosh suratlarini dastlab kromanyon odamlari yaratganlar. Bu davrda qadimgi rassomlar suratlarni, asosan, qoyalarga o'yib ishlaganlar. O'sha zamon tasviriy san'at ustalari hayvonlarni tasvirlashda turli moddalar qorishmasidan tayyorlangan rangli bo'yoqlardan, tosh devorlardagi rasmlarni bo'yashda esa tayoqcha yoki hayvon junidan tayyorlangan mo'yqalamdan foydalanishgan. Bu esa suratlarning hozirgi davrgacha deyarli hech bir o'zgarishsiz saqlanib qolishiga sabab bo'lgan. O'zbekiston hududidagi qoyatosh suratlari. O'zbekistonda ushbu noyob san'at turi juda qadimdan paydo bo'lgan. Suratlar, asosan, ikki xil usulda - urib cho'kichlash va tabiiy bo'yoqlar yordamida ishlangan. Keyinchalik rasmlar uchi o'tkir tig'li temir va po'lat asboblar bilan toshlarni o'yib ishlangan. Bu usul fanda nuqtali usul deb ataladi. Ikkinchi usulda ilk rangtasvir ustalarining mahorati ko'zga tashlanadi. Ular turli moddalar qorishmasidan bo'yoq tayyorlashni bilganlar. Suratlarga cho'p, qamish, suyak va qushlarning pati vositasida jilo berilgan. O'zbekistonda 100 dan ortiq ana shunday nodir san'at namunalari aniqlangan. 2008-yilda Zarautsoy, Sarmishsoy kabi bebaho madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, ular yo'qolib ketishi xavfining oldini olishga oid hukumat qarorlari qabul qilindi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.04 MB
Ko'rishlar soni 245 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.04 MB
Ko'rishlar soni 245 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga