5-sinf tarix fani darsligi asosida 18-mavzu Savdo yo'llari Qadimgi karvon savdo yo'llari. Savdo-sotiq ishlari barcha davrlarda kishilar hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Savdo-sotiq davlat iqtisodiy taraqqiyotiga ham katta ta'sir ko'rsatgan. Shu tufayli ham turli mamlakatlar o'zaro foydali savdodan juda manfaatdor bo'lganlar. O'z hududidan savdo karvonlari o'tadigan mamlakatlar yo'l atroflariga savdogarlar uchun barcha zarur qulayliklarni yaratib berganlar. Qadimgi karvon savdo yo'llaridan biri «La'l yo'li» deb atalgan. Bu yo'l miloddan avvalgi 3-2-ming yilliklarda ochilgan. «La'l yo'li» Pomir tog'idan boshlanib, Eron, Mesopotamiya va Misr orqali o'tgan. La'l toshlaridan yasalgan buyumlar hatto Misr fir'avnlari maqbaralari (ehromlari)dan ham topilgan. Qadimgi mashhur savdo yo'llaridan yana biri «Shoh yo'li» deb ataladi. Unga Eron shohi Doro I asos soldi. Uni Eron shohlari nazorat qilishgan. «Shoh yo'li» ikki yo'nalishli bo'lib, birinchisi O'rtayer dengizi bo'yidagi turli shaharlarni Eron bilan bog'lagan bo'lsa, ikkinchisi Eron va Baqtriya orqali o'tib Oltoy va Hindistongacha borgan. Buyuk Ipak yo'li. Uzunligi 1200 km bo'lgan Buyuk Ipak yo'li miloddan avvalgi II asrda ochildi. Bu yo'l faqat savdo yo'li emas edi. U, ayni paytda, dunyo xalqlari o'rtasida madaniy hamda davlatlararo aloqalar yo'li sifatida ham xizmat qildi. Birinchi yo'nalish - Xitoydan Samarqandgacha bo'lgan yo'nalish edi. Samarqandda yo'l yana ikkiga bo'lingan. Buyuk Ipak yo'li. Ipak mahsulotlari Yevropaxalqlarini juda maftun etgan. U zamonlarda Yevropaipak nimaligini bilmagan. Bizning bobolarimiz va xitoyliklar ipakdan ajoyib matolar to'qiganlar. Buyuk Ipak yo'liqaysi davlat hududidan o'tgan bo'lsa, shu davlat hukmdorlari yo'l yoqasida bekatlar, karvonsaroylar qurdirganlar. Buyuk Ipak yo'lidagi bozor. Qadimgi dengiz savdo yo'li. Shulardan biri O'rtayer dengizining sharqiy sohilida yashagan qadimgi finikiyaliklar ochgan dengiz savdo ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.66 MB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.66 MB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: pptx