5-sinf Tarix dars ishlanma. Sohibqiron Amir Temur

5-sinf Tarix dars ishlanma. Sohibqiron Amir Temur

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Sohibqiron Amir Temur - rasmi

Material tavsifi

Sohibqiron Amir Temur 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 33-mavzu Amir Temur hayoti va faoliyati. Amir Temur 1336-yil 9-aprelda hozirgi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumanidagi Xoja Ilg'or qishlog'ida tug'ildi. Uning otasi Amir Tarag'ay Bahodir o'zbeklarning barlos urug'i va Kesh viloyatining nufuzli amirlaridan biri bo'lgan. Onasi Takina Mohbegim Buxoroning yetuk ilm ahli xonadonlaridan birining qizi bo'lgan. Amir Temurning yoshligi Shahrisabzda o'tdi. Yetti yoshga to'lgach, otasi uni o'qishga berdi. Amir Temur yoshlik chog'laridanoq ustozlar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o'q uzish va harbiy o'yinlar bilan mashg'ul bo'ldi. U o'z davrining ilmlarini puxta egalladi. voyaga yetdi. Otasining piri shayx Shamsiddin Kuloldan saboq oldi. Teran fikrli, yuksak fazilatli, ziyrak va dovyurak bo'lib 17 yoshida otasining butun mulkini o'zi mustaqil boshqara boshladi. Amir Temur tug'ilgan davrda Vatanimiz hududi Chingizxonning o'g'illaridan biri Chig'atoy nomi bilan ataluvchi ulus (davlat) tarkibida edi. XIV asrning o'rtalarida Chig'atoy ulusida hokimiyat uchun kurash nihoyatda kuchaydi. Natijada ulus parchalanib ketdi. Amir Temur ana shunday og'ir vaziyatda tarix sahnasiga chiqdi. Amir Temur qudratli davlat asoschisi. Tez orada Amir Temur mo'g'ullarga qarshi ozodlik kurashini boshlab yubordi. Bu kurash sakkiz yil davom etdi. Amir Temur Yevropaxalqlari xaloskori. Amir Temur Oltin O'rdaning tahdidlarini bartaraf etishga kirishdi. 1395-yilda Amir Temur To'xtamishxonning qo'shinini tor-mor etdi. Bu g'alaba Oltin O'rdani zaiflashtirib qo'ydi. Shuningdek, Oltin O'rdaga qaram bo'lgan Rus (Rossiya)ning mo'g'ullar zulmidan ozod bo'lishini tezlashtirdi. Amir Temur G'arbiy Yevropaxalqlariga katta tahdid solayotgan Usmoniylar imperiyasi (Turkiya) sultoni Boyazid qo'shinini 1402-yilda Anqara yonida bo'lgan jangda tor-mor etdi. Usmoniylarning bu mag'lubiyati uning Yevropadavlatlariga solayotgan tahdidini yo'qqa chiqardi. Boyazidning tahdididan xalos bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.63 MB
Ko'rishlar soni 654 marta
Ko'chirishlar soni 101 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.63 MB
Ko'rishlar soni 654 marta
Ko'chirishlar soni 101 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga