Tangalar - tarix guvohi 5-sinf tarix fani darsligi asosida 17-mavzu Dastlabki tangalar. Dunyo xalqlari hayotida pul kata ahamiyatga ega. U ming yillar davomida insonlarga ayirboshlash vositasi bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Kishilik tarixida pul bo'lmagan davrlar ham bo'lgan. Ular dastlab iste'mol qiladigan barcha narsalarni o'zlari ishlab chiqarganlar. Vaqtlar o'tishi bilan dehqonchilikdan chorvachilik va hunarmandchilikning alohida faoliyat turi bo'lib ajralib chiqishi savdo sotiqning kuchayishiga olib kelgan. Savdo aloqalarining tobora o'sib borishi, shaharlarning esa ko'payib borishi foydalanish uchun eng qulay bo'lgan ayirboshlash vositasi - pulning yaratilishini zaruriyatga aylantirib qo'ydi. Metall (mis, kumush va oltin)dan ishlangan dastlabki pul - tanga shu tariqa paydo bo'ldi. Arxeolog olimlar tanga dastlab miloddan avvalgi VII-VII asrlarda Lidiya (Osiyoda) davlatida paydo bo'lganligini aniqladilar. Tarixiy tangalari. Lidiya hududida oltin ko'p bo'lgan. Bu davlatda oltindan zarb etilgan tanga starter deb atalgan. Eron podshosi Doro I davrida esa o'sha davrning mashhur «darik» deb ataluvchi tanga puli joriy etildi. Tangalar tarixdan guvohlik beradi. Tangalar,avvalo, o'zining qanday metalldan yasalganligiga qarab shu tangani zarb etgan davlatlar, ularning yerosti boyliklari haqida guvohlik beradi. Qadimgi va zamonaviy tangalarda ramzlarning aks etilishi. Qadimgi davrlarda tangalarga turli ramzlar va hukmdorlarning tasviri tushirilgan. Aleksandr tangasi. Xususan, Lidiya podsholigining tanga puli - starterning bir tomoniga lidiyaliklar uchun muqaddas hisoblangan tulki tasviri tushirilgan. Zamonaviy tangalarda ham turli ramzlarni aks ettirish an'anasi davom etib kelmoqda. O'zbekistonning yubiley tangalari. O'zbekiston Respublikasining pul birligi - so'm 1994-yilning 1-iyo'lidan muomalaga kiritildi. 10, 25 va 50 so'mlik tanga pullar ham zarb etildi. Yevkratid tangasi. Bu tangalarning yuz qismiga uning necha so'm ekanligi, orqa tomoniga esa «O'zbekiston Respublikasi» ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.17 MB
Ko'rishlar soni
493 marta
Ko'chirishlar soni
83 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.17 MB
Ko'rishlar soni
493 marta
Ko'chirishlar soni
83 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: pptx