Tarixiy manbalar 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 1-mavzu Tarix odamlarning eng qadimgi zamonlardan to hozirgacha bosib o'tgan hayot yo'li, bugungi hayotni qanday qurganligi haqida ma'lumot beradi. Tarixni o'rganish orqali odamlarning uzoq va yaqin o'tmishda nima bilan mashg'ul bo'lganliklarini, qanday yashaganliklari hamda qanday tarixiy voqealar yuz berganligini bilib olasiz. Tarixiy manba. Tarix fani tarixiy manbalar asosida yaratiladi. Manbashunos olimlar ularni sinchiklab o'rganadilar va tarix fani uchun zarur ma'lumotlar to'playdilar. Tarixiy manbalar, o'z navbatida, moddiy (ashyoviy) va yozma manbalarga bo'linadi. Moddiy manbalar. Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari, ular yashagan makon, turarjoylarning, shuningdek, qal'a va shaharlarning, sug'orish inshootlarining, uy-ro'zg'or hamda zeb-ziynat buyumlarining qoldiqlari zarb etilgan tangalar, gerblar, muhrlar hamda mehnat qurollari moddiy manbalarni tashkil etadi. Devorga chizilgan rasm. Toshga aylangan iz. Moddiy manbalarni arxeologlar to'plashadi. Ular o'tmishda odamlar yashagan deb taxmin qilingan manzilgohlarda qazish ishlarini olib boradilar. Shu yo'l bilan moddiy manbalarni tashkil etuvchi turli ashyolarni topadilar. Ularning yaratilgan vaqtini va yoshini aniqlaydilar. Yozma manbalar. Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turidir. Xat yozilgan sopol. Rasmlarning mixxatli belgilarga aylanishi. Bundan qariyb besh ming yil avval ayrim xalqlar yozish uchun alohida belgilar yaratdilar. Qoyatosh va qattiq buyumlarga o'yib tushirilgan bitiklar, hayvon terisi, daraxt po'stlog'i, keyinchalik qog'ozga yozilgan yozuvlar, tarixiy hujjatlar yozma manbalardir. O'zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba «Avesto» kitobidir. Unda qadimgi tariximizga oid juda qimmatli ma'lumotlar mavjud. «Avesto» kitobi Qadimgi Xorazm, sug'd, baqtriya va turkiy yozuvlarida bitilgan yozma manbalar ham Vatanimiz tarixini o'rganishda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, qadimgi Eron hukmdorlarining bitiklari, qadimgi Yunoniston (Gretsiya), Rim va Xitoy olimlarining asarlarida ham Vatanimiz tarixiga ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.39 MB
Ko'rishlar soni
275 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.39 MB
Ko'rishlar soni
275 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: pptx