5-sinf Tarix fanidan To'maris va Shiroq jasorati dars taqdimot

5-sinf Tarix fanidan To'maris va Shiroq jasorati dars taqdimot

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix fanidan To'maris va Shiroq jasorati dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

To'maris va Shiroq jasorati 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 29-mavzu Ahamoniylarning O'rta Osiyoga kirib kelishi. Miloddan avvalgi VI asr o'rtalarida qadimgi Eron hududida ahamoniylar sulolasi asos solgan Fors podsholigi hukmdorlari o'z oldilariga yurtimiz Turonni bo'ysundirish maqsadini qo'ydilar. Kir II qo'shinlari bilan. Sulola vakili shoh Kir II bu maqsadni amalga oshirish uchun dastlab ajdodlarimiz massagetlar yurtini bosib olishga qaror qildi. Kir II ning hujumi arafasida massagetlar yurtida malika To'maris hukmronlik qilardi. Malika To'maris Oqila va jasur hukmdor To'maris haqida ko'p hikoya va rivoyatlar saqlanib qolgan. Shulardan biri Gerodotning «Tarix» kitobida keltirilgan. Yovuz Kir II massagetlar yurtini bo'ysundirish uchun miloddan avvalgi 530-yilda Amudaryoni kechib o'tdi. Hal qiluvchi jang oldidan Kir II hiyla yo'li bilan To'marisning o'g'li Sparganisni asirga tushirdi. To'maris bor qo'shinini yig'ib, Kir II ustiga yurish qildi. To'maris jangga otlanmoqda Ikki tomon o'rtasida dahshatli jang bo'lib o'tdi. Jangda Kir II o'ldirildi. Massagetlardan bir yigit Kir II ning kesilgan boshini To'marisning oyog'i ostiga tashladi. Malika Kir II ning boshini qon to'ldirilgan meshga solishni buyurdi va baland ovozda: «O'g'limni o'ldirding, yurtimning qonini ichmoqchi bo'lding. Tirikligingda inson qoniga to'ymagan eding. Mana, endi to'yguningcha ich, To'maris jangga otlanmoqda. qonxo'r!», deb xitob qildi. Massagetlar bilan Kir II o'rtasidagi bu urush tillarda doston bo'ldi. «Mening bilishimcha, urushlar ichida bunday urushni hali hech kim ko'rmagan», deb yozgan edi Gerodot hikoyasining yakunida. Shiroq jasorati. Kir II haloqatga uchragan bo'lsa-da, ahamoniylar Turonni bosibm olish niyatidan voz kechmadilar. Saklar dushmanga qattiq qarshilik ko'rsatdilar. Buni saklar qabilasiga mansub Turonning mard o'g'loni Shiroq jasorati misolida ko'rish mumkin. Shiroq qabiladoshlariga bosqinchilarni yo'q qilish rejasini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.86 MB
Ko'rishlar soni 943 marta
Ko'chirishlar soni 192 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.86 MB
Ko'rishlar soni 943 marta
Ko'chirishlar soni 192 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga