Turkiston ma'rifatparvarlari 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 28-mavzu Ma'rifat va ma'rifatparvarlik haqida. Ma'rifat - ta'lim va tarbiya orqali kishilarning bilimi va ongini oshirish yo'lida qilinadigan harakatdir. Yurtimizda ma'rifatparvarlik harakati XIX asr oxiri - XX asr boshlarida vujudga keldi va u jadidchilik harakati nomi bilan shuhrat qozondi. Jadidchilik harakatining namoyandalari esa jadidlar deb atalishgan. Jadidlarni Rossiya mustamlakasiga aylanib qolgan yurtimizning taraqqiyotda orqada qolib ketganligi tashvishga solgan. Jadidlar Turkistonning ilg'or mamlakatlar qatoriga ko'tarilishi, avvalo, zamonaviy bilimlarni egallagan kishilarning qanchalik ko'p bo'lishiga bog'liq ekanligini yaxshi tushunganlar. Mavjud maktabxona va madrasalar bilan esa bu vazifani hal etib bo'lmas edi. Shuning uchun ham ular o'z oldilariga, birinchi navbatda, yurtimiz maktablarida hukm surayotgan eski tartiblar va eski o'qitish usullarini yangilash maqsadini qo'ydilar. Eski maktablarda, asosan, diniy bilimlar o'qitilgan. Tabiiy fanlari esa (fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, zamonaviy tibbiyot kabi fanlar) deyarli o'qitilmagan. Jadidchilik harakatiga yurtimizning taraqqiyparvar ziyolilari rahbarlik qilishdi. Ular ishni dastlab yangi usul (usuli jadid) maktablarini ochishdan boshladilar. Yangi usul maktablarida diniy ta'lim bilan bir qatorda tabiat fanlaridan ham saboq berildi. Jadidlar iqtidorli bolalarni chet ellarga o'qishga yuborishni ham tashkil etdilar. Mahmudxo'ja Behbudiy. Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi Behbudiy 1875-yilda Samarqandda tug'ildi. O'z davrining diniy va dunyoviy ilmlarini puxta egalladi. Mahmudxo'ja Behbudiy. Abdulla Avloniy. O'z davrining atoqli ma'rifatparvari, shoiri, jurnalist, davlat arbobi bo'lgan Avloniy 1878-yilda Toshkent shahrida tug'ildi. Maktabxona va madrasada ilm oldi. Abdulla Avloniy U arab, fors va rus tillarini yaxshi o'rganib oldi. Yangi usul maktablarining ahamiyatini yaxshi tushunganligi uchun Toshkentda shunday maktab ochdi. O'zi ona tili va adabiyotdan dars berdi. O'quvchilar uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
505 marta
Ko'chirishlar soni
154 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
505 marta
Ko'chirishlar soni
154 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: pptx