5-sinf Tarix fanidan XXI Asr - ilm fan va taraqqiyot asri dars taqdimot

5-sinf Tarix fanidan XXI Asr - ilm fan va taraqqiyot asri dars taqdimot

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix fanidan XXI Asr - ilm fan va taraqqiyot asri dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

XXI Asr - ilm-fan va taraqqiyot asri 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 52-mavzu Ilm dunyoda mavjud bo'lgan bilimlar tizimidir. «Ilm» so'zi o'rnida «fan» so'zi ham ishlatiladi. Ular bir ma'noni anglatuvchi so'zlardir. Insoniyatning butun tarixi davomida ilm-fan rivojlanib bordi. Insonning jismoniy mehnatni engillashtirishga intilishi texnika sohasida ulkan kashfiyotlar, ixtirolarning yaratilishiga olib keldi. Binobarin, texnika - bu ekskavatorlar, turli xil traktorlar, kombaynlar, buldozerlar, yengil va yuk, yo'lovchi tashuvchi transport vositalari, samolyot, kosmik raketalar, televizor, kompyuter, electron hisoblash mashinalari, internet tarmoqlari va boshqalardir. Samolyotlarsiz, kompyuterlarsiz, uyali telefonlarsiz yoki internetsiz insonning bugungi hayotini tasavvur etib bo'lmaydi. Yoki tibbiyot texnikalarini olaylik. Bu sohada amalga oshirilgan ulkan ixtirolar inson tanasining xastalangan turli a'zolarini, shu jumladan, yuragini ham ko'chirib o'tqazish imkonini berdi. Inson texnika rivoji tufayli hatto Oyga qo'nishga, kosmik apparatlarni boshqa sayyoralarga ham uchirishga muvaffaq bo'ldi. Dunyoda ilm-fan sohasida buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgan olimlar xalqaro Nobel mukofoti hamda milliy mukofotlar bilan taqdirlanib kelinmoqda Ilm-fan XXI asrda XX asrdagidan ham shiddat bilan rivojlanmoqda Kompyuter yordamida katta hajmli ma'lumotlar yaratish, to'plash, saqlash, qayta ishlash va ularni uzatish oddiy hodisaga aylanib qoldi. Texnologiyalarning bunday ixchamlashuvi nanotexnologiya (milliardning bir bo'lagi) deyiladi. U eng zamonaviy texnologiya bo'lib, barcha axborot vositalarini mittilashtirishga imkon beradi. Binobarin, XXI asrda ilm-fan yutuqlari davlatlar taraqqiyotining bosh omili bo'lib qoladi. Shuning uchun ham XXI asr - ilm-fan va taraqqiyot asri, deb yuritiladi. Mustaqillik yillarida O'zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy ilm-fan markaziga aylanishi uchun ko'p ishlar amalga oshirildi. Prezident Islom Karimov Fanlar akademiyasi olimlari bilan bir necha bor uchrashdi. 1997-yilda Respublikamizda «Umid» jamg'armasi tuzildi. Bundan maqsad - iste'dodli yoshlarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.39 MB
Ko'rishlar soni 682 marta
Ko'chirishlar soni 97 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.39 MB
Ko'rishlar soni 682 marta
Ko'chirishlar soni 97 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga