Yevropava Amerikada dastlabki sivilizatsiyalar 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 12-mavzu Sivilizatsiya haqida. Sivilizatsiya deyilganda biror xalqning madaniyati rivojida erishgan yutuqlari darajasi tushuniladi. Mehnat qurollarining takomillashuvi va ishlab chiqarish texnikasining ixtiro qilinishi, shaharsozlik, yozuvning paydo bo'lishi, ilm-fan, adabiyot, san'atning taraqqiyoti belgilaridir. Osiyo va Shimoliy Afrika (qadimgi Misr) ilk sivilizatsiya markazlari bo'lgan. Ularning ta'sirida Yevropada ham sivilizatsiya rivojlangan. Krit - Yevropaning dastlabki madaniyat o'chog'i. Arxeolog olimlar Yunoniston (bugungi Gretsiya) davlatiga qarashli Krit orolida miloddan avvalgi 3-2-ming yillikka oid shaharlar qoldig'ini topdilar. Shaharda bunyod etilgan saroyning devorlari suvalgan. Suvoq namligidayoq unga o'yib rasmlar solingan. Devorga o'yib ishlangan rasm. Kritliklar hunarmandchilikda katta yutuqlarga erishganlar. Arxeologik topilmalar hunarmandchilik, zargarlik, uysozlik va kemasozlik sohalarining rivoj topganligini ko'rsatdi. Kemasozlikda erishgan yutuqlar kritliklarga savdo qilish va harbiy flot yaratish imkonini berdi. Mikena madaniyati. Peloponnes yarimorolida miloddan avvalgi 2-ming yillikda Mikena shahar-davlati vujudga keldi. Mikenaliklar savdo kemasi. Mikena madaniyati Bronzadan yasalgan turli qurollar, oltindan ishlangan zeb-ziynatlar, sopoldan tayyorlangan idish qoldiqlari yaxshi saqlangan. Bronza qurollar. Shaharning yuqori qismida podsho saroyi va badavlat zodagonlarning uylari joylashgan. Saroy yaqinida qoyaga maqbara qurilgan. Mayya madaniyati. Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Mayya piramidasi. To'rt tarafdagi zinalar soni yil kunlari sonlari - 365 ga teng bo'lgan. Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Ularning hukmdorlari «Buyuk inson» deb atalgan. Inklar madaniyati. Amerikaning inklar deb atalgan xalqi (dastlab hozirgi Peru davlati hududida yashagan) ham o'z davlatlarini tashkil etganlar. Davlatni oliy hukmdor - Oliy Inka boshqargan. Inklar yozuvi - kipu. Inklar Korikancha ibodatxonasida «Oltin bog'» barpo etganlar. Bu bog' oltin va ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.58 MB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.58 MB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: pptx