Yevropada ilm-fan kashfiyotlari 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 27-mavzu Nikolay Kopernik. XVI asrdan boshlab Yevropada ham ilm-fan taraqqiy eta boshladi. Ayniqsa, tabiiy fanlari sohasida buyuk kashfiyotlar amalga oshirildi. Nikolay Kopernik Bu kashfiyotlar polshalik Nikolay Kopernik va Italiya olimlari Jordano Bruno va Galileo Galileylar nomi bilan bog'liqdir. Polshalik astronom olim Nikolay Kopernik o'zigacha astronomiya fanida hukm surib kelgan qoida va tasavvurlarning noto'g'ri ekanligini isbotlab berdi. Milodning ikkinchi asrida yunon olimi Ptolemey Yer olam markazidir, degan qoidani fanga kiritgan. Quyosh - olam markazi. Bu qoidaga ko'ra Quyosh, Oy va yulduzlar Yer atrofida aylanadi. Yerning o'zi harakatsizdir. Ptolemey qoidasining xato ekanligini birinchi bo'lib Nikolay Kopernik isbotladi. U 30 yillik kuzatishlari natijasida Ptolemey qoidasini rad etdi. Demak, Quyosh Yer atrofida emas, Yer Quyosh atrofida aylanadi. Kopernik Yer bir sutkada o'z o'qi atrofida bir marta, bir yilda esa Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishini isbotlab berdi. Bu kashfiyot ayni paytda diniy aqidalarga ham zarba berdi. Kopernik «Osmon jismlarining aylanishi haqida» kitobida o'z kashfiyotining mazmunini bayon qildi. Mazkur kitob tezda mashhur bo'lib ketdi. Biroq, kitob ruhoniylarning qahriga uchradi va taqiqlab qo'yildi. Jordano Bruno. Italiyalik olim Jordano Bruno yoshligidanoq astronomiya faniga katta qiziqish bilan qaradi. Shu soha olimlarining asarlarini qunt bilan o'rgandi. Nikolay Kopernik qoidasini yoqlab chiqdi. Uning fikricha, olam cheksizdir. Olam son-sanoqsiz yulduzlardan iborat. Jordano Bruno bunday fikrlari uchun ruhoniylar tomonidan zindonga tashlandi. Biroq, zindon azobi ham uni o'z fikridan qaytara olmadi. Galileo Galiley. Italiyaning yana bir olimi Galiley dunyoda birinchi bo'lib Nikolay Kopernik va Jordano Bruno aytgan fikrlar to'g'riligini osmon jismlarini o'zi yaratgan teleskop yordamida ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:22:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
710 marta
Ko'chirishlar soni
151 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:22 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
710 marta
Ko'chirishlar soni
151 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: pptx