5-sinf Tarix dars ishlanma. Yozuv - insoniyatning buyuk kashfiyoti

5-sinf Tarix dars ishlanma. Yozuv - insoniyatning buyuk kashfiyoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Yozuv - insoniyatning buyuk kashfiyoti - rasmi

Material tavsifi

Yozuv - insoniyatning buyuk kashfiyoti 5-sinf Tarix fani darsligi asosida 9-mavzu Ilk yozuvning paydo bo'lishi. Yer yuzida ilk yozuv belgilari dastlab Osiyo va Shimoliy Afrika (qadimgi Misr) xalqlari tomonidan yaratilgan. O'tmish tarix, odamlar yaratgan hayotiy tajriba va bilimlar, kashfiyotlar ajdodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib keldi. Misr iyerogliflari Yozuv bugungi shaklidagi ko'rinishga ega bo'lgunicha uzoq taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. Qadimgi yozuvlar va ularning turlari. Olimlar qadimgi yozuvlarni bir necha turlarga bo'lganlar. Ulardan dastlabkisi «eslatuvchi belgilar» deb atalgan. Bunday belgilar muayyan miqdorni belgilashda, biror xabarni uzoq masofaga yetkazishda qo'llanilgan. Ajdodlarimiz yozuvning «buyumli yozuv» deb ataluvchi turidan ham foydalanganlar. Masalan, qo'rg'on rasmi marhum ko'milgan joyni, non tuz esa do'stlikni anglatgan. Rasmli yozuv. Qadimgi ajdodlarimiz turli hayvonlarning rasmlarini toshlarga, suyaklarga va g'orlarning devorlariga o'yib tushirganlar. Hayot rivojlanib borgani sari rasmli yozuvlar kishilar ehtiyojini qondira olmay qoldi. Ular ancha mukammalroq yozuvga ehtiyoj seza boshladilar. Xitoy iyerogliflari. Alifboning vujudga kelishi. Dunyoda birinchi alifboni, ya'ni harfli yozuvni miloddan avvalgi 2-ming yillik o'rtalarida qadimgi finikiyaliklar yaratishdi va u finikiy yozuvi deb ataldi. Finikiy alifbosi 22 ta harfdan iborat bo'lib, u o'ngdan chapga qarab yozilgan. Finikiy tilidagi so'zlarni shu 22 ta harf bilan yoza olish ulkan hodisa edi. Finikiy yozuvi boshqa mamlakatlarda ham tez tarqala boshladi. Dunyodagi hozirgi yozuvlarning beshdan to'rt qismidan ko'prog'ining asosida finikiy yozuvi yotadi. Finikiy alifbosi Kirill alifbosi O'zbekistonda yozuv. O'zbek xalqi qadim zamonlardan beri turli yozuvlardan foydalanib keldi. Bular xorazm, sug'd, urxun-yenisey, arab, kirill-rus va lotin alifbolariga asoslangan yozuvlardir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.38 MB
Ko'rishlar soni 470 marta
Ko'chirishlar soni 101 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.38 MB
Ko'rishlar soni 470 marta
Ko'chirishlar soni 101 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga