5-sinf Tarix dars ishlanma. Yurt obodonchiligi, adabiyot va san'at

5-sinf Tarix dars ishlanma. Yurt obodonchiligi, adabiyot va san'at

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix dars ishlanma. Yurt obodonchiligi, adabiyot va san'at - rasmi

Material tavsifi

5-sinf Tarix fani darsligi asosida 26-mavzu Yurt obodonchiligi, adabiyot va san'at Shaharlarning obodonlashtirilishi va me'morchilik. Amir Temur mamlakatning, xususan, poytaxt Samarqandning obodonchiligiga alohida e'tibor berdi va uni dunyoning go'zal shahriga aylantirishga qaror qildi. U ulkan bunyodkorlik ishini Samarqandning mudofaa devorlarini tiklashdan boshlattirdi. Shaharga bu devorlarga o'rnatilgan oltita darvoza orqali kiriladigan bo'ldi. Temuriylar davri me'morchiligining ajoyib namunasi Amir Temurning qarorgohi - Ko'ksaroy shaharning ko'rkiga ko'rk qo'shadigan darajada hashamatli qilib qurildi. Amir Temur ayni paytda turmush o'rtog'i Bibixonim (Saroymulkxonim) nomi bilan ataluvchi Jome masjidi ham qurdirdi. Amir Temur 1403-yilda yosh vafot etgan suyukli nabirasi Muhammad Sulton uchun maqbara qurdirdi. 1405-yilda Amir Temur vafot etgach uning o'zi ham shu yerga dafn etildi va maqbara «Go'ri Amir maqbarasi» deb atala boshlandi. Bu maqbara dunyoda mashhur me'moriy inshootdir. Amir Temur poytaxt Samarqand atrofida o'ndan ortiq bir-biridan go'zal bog'-rog'lar barpo ettirdi. Ularning eng mashhuri «Bog'i Dilkusho» deb atalardi. O'zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri, davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, o'zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tug'ildi. Alisher Navoiy (1441-1501). Alisher Navoiy 4 yoshidan maktabda ilm o'rgandi. Turkiy va forsiy tillardagi she'rlarni yod oldi. 10 - 12 yoshidan boshlab esa o'zi ham she'r yoza boshladi. Uning she'riyatga bo'lgan ixlosi va iste'dodi hatto o'z davrining mashhur shoiri Lutfiyni ham hayratga soldi. Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida elga tanildi. Kamoliddin Behzod (1455 - 1536). O'z davrining buyuk rassomi Kamoliddin Behzod Alisher Navoiyning zamondoshi edi. U Alisher Navoiyning muruvvati bilan buyuk miniatyurachi rassom bo'lib voyaga yetdi. Kamoliddin Behzod Noyob qobiliyat egasi bo'lgan Behzod Husayn Boyqaroning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.04 MB
Ko'rishlar soni 405 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.04 MB
Ko'rishlar soni 405 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga