Tasviriy san'at fanidan Bahor gullari mavzusida kompozitsiya ishlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Bahor gullari mavzusida kompozitsiya ishlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Bahor gullari mavzusida kompozitsiya ishlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

«Bahor gullari» mavzusida kompozitsiya ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 19-mavzu Bahor mavzusini nafaqat yangi o'sib chiqqan maysalar, adirlarni alvon gilamdek qoplagan lolaqizg'aldoqlar, pushti, oq va binafsharang bo'lib gullagan bodom, o'rik, shaftoli va olmalarning manzarachi rassom tomonidan tasvirlangan Obidjon Bakirovning «O'rik guli», Lev Reznikovning «Bahor», Obidjon Bakirovning, Ortig'ali Qozoqovning «Bahor guli nastarin» nomli naturmortlarini diqqat bilan kuzatsangiz bunga ishonch hosil qilasiz. Bahorgi gullar mavzusida naturmort janridagi asarlarni Rahim Ahmedov, Yuriy Taldikin kabi rassomlar ham yaratganlar. Demak, bahor gullari mavzusidagi kompozitsiya ishlashning turli variantlari bo'lishi mumkin ekan. Unda siz naturmort janrini asosiy janr sifatida olib, bahor tarovatini to'laroq aks ettirish uchun qo'shimcha elementlardan foydalanishingiz mumkin. Siz ishlaydigan kompozitsiyaning asosiy elementi sifatida mashhur rassomlar tomonidan tasvirlangan lolaqizg'aldoqlar, boshqa bahor gullari, o'rikning gullagan shoxi, qo'shimcha element sifatida derazadan ko'rinib turgan tabiat manzarasi bo'lishi mumkin. Bu jarayonda rassomlarning bahor mavzusidagi naturmortlari va boshqa kompozitsiyalaridan ijodiy foydalanishingiz ham mumkin Ishlaydigan kompozitsiyangizning mavzusi va mazmunini yaxshilab o'ylab olgandan so'ng qalamtasvirda kompozitsiyaning bir necha xomaki variantlarini eskiz tarzida chizib oling. Eskizlarning har biridan ayrim elementlarni olgan holda kompozitsiyaning yakuniy variantini qalamda chizib oling. Kompozitsiyaning qalamsurat variantini belgilangan qoidalar asosida tasvirlab olgach, uni rangtasvirda bajarishga kirishing. Rangtasvir ishlash jarayonida bahorni ifodalovchi ranglardan foydalanishga harakat qiling. Agar rangtasvirni akvarel bo'yoqlarida ishlayotgan bo'lsangiz dastlab suyuqroq, ochroq ranglar bilan ishlang. Kompozitsiyaning asosiy qismlarini, katta yuzalarni rang bilan ishlab olganingizdan so'ng ayrim detallarni ishlashga kirishing. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.43 MB
Ko'rishlar soni 304 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.43 MB
Ko'rishlar soni 304 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga