4-sinf Tasviriy san'at dars taqdimot. Tasviriy san'atning turlari va janrlari

4-sinf Tasviriy san'at dars taqdimot. Tasviriy san'atning turlari va janrlari

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
4-sinf Tasviriy san'at dars taqdimot. Tasviriy san'atning turlari va janrlari - rasmi

Material tavsifi

Tasviriy san'atning turlari va janrlari 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 1-mavzu Reja: 2 3 4 Grafika. 1 Rangtasvir. Tasviriy san'at janrlari. Haykaltaroshlik. Tasviriy san'at o'zining tasvirlash usullari va boshqa jihatlariga qarab, grafika, rangtasvir va haykaltaroshlik kabi turlarga bo'linadi Tasviriy san'atning turlari va janrlari Grafika. Tasviriy san'atning eng ommaviy turlaridan biri grafikadir. «Grafika» so'zi yunonchada «yozaman», «chizaman» degan ma'noni anglatadi. Qalamda yoki tushda ishlangan rasmlar, kitob, gazeta va jurnallarga chizilgan illustratsiyalar, biror jismga o'yilgan gravyuralar, plakat, stend, buyumlarning etiketkalari, yorliqlari, oziq-ovqatlar o'raladigan yozuvli qog'ozlar - bularning barchasi grafika namunalari hisoblanadi. Rangtasvir. Rangtasvir tasviriy san'atning eng jozibali va ta'sirli turi. Unda musavvir bo'yoqlar vositasida matoga, qog'ozga yoki boshqa tekis yuzaga hayotiy hodisalarni badiiy tasvirlab beradi. Haykaltaroshlik. Haykaltaroshlik - borliqni uch o'lchovli shaklda tasvirlaydigan san'at turi Haykalni har tarafdan aylanib tomosha qilishimiz mumkin. Haykaltarosh Ilhom Jabborovning «Amir Temur», «Ahmad al-Farg'oniy», Jaloliddin Mirtojiyevning «Bobur», «Ibn Sino», «Alisher Navoiy», «Mirzo Ulug'bek» asarlari haykaltaroshlikning yumaloq turiga kiradi. Agar inson qiyofasi boshidan ko'kragigacha tasvirlangan bo'lsa, bunday haykal byust deyiladi. Byustlar buyuk tarixiy shaxslarga bag'ishlab o'rnatiladi. Binolarning devorlari va peshtoqlariga, tanga, me'dal kabi buyumlarning yuzasiga ishlangan bo'rtma-qavariq tasvirlar haykaltaroshlikning relyefli haykal namunalaridir. Haykaltaroshlik asarlarini yaratishda loy, plastilin, gips, yog'och, marmar, granit, bronza, hatto oltin, mis, kumush kabi qimmatbaho metallardan ham foydalaniladi. Tasviriy san'at janrlari. Tasviriy san'at asarlari mavzusi, mazmuni, ishlanish uslubiga ko'ra turli janrlarga bo'linadi. «Janr» so'zi fransuzcha so'z bo'lib, «tur» yoki «ko'rinish» ma'nosini anglatadi. Tasviriy san'at janrlari ularning turlariga ham bog'liq. Rangtasvir va grafika asarlari quyidagi asosiy janrlarda yaratiladi: Portret 1. Portret. 2. Naturmort. 3. Manzara. 4. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.66 MB
Ko'rishlar soni 425 marta
Ko'chirishlar soni 69 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.66 MB
Ko'rishlar soni 425 marta
Ko'chirishlar soni 69 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga