Tasviriy san'at fanidan Ur, to'qmoq ertagi asosida illustratsiya ishlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Ur, to'qmoq ertagi asosida illustratsiya ishlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Ur, to'qmoq ertagi asosida illustratsiya ishlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

«Ur, to'qmoq» ertagi asosida illustratsiya ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 15-mavzu Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri bu kitobdir. Chiroyli rasmlar bilan bezatilgan kitoblarni ko'rganingizda o'ziga xos zavq olasiz. «Shamchiroq tutgan mushuk», «Ziyod botir» nomli o'zbek xalq ertaklariga rassom Abduqahhor Mahkamov ajoyib illustratsiyalar ishlagan. Rassom o'zi illustratsiya ishlayotgan badiiy asarning mazmuni bilan tanishib chiqar ekan, illustratsiya uchun mavzu bo'ladigan jihatlarini o'ziga belgilab oladi. Bu taassurotlar asosida bir necha variantda xomaki rasmlar chizadi. Xomaki rasmlar asosida adabiy asar mazmuniga mos keladigan kompozitsiyalar ishlaydi. Ana shu kompozitsiyalarning eng maqbullarini illustratsiyaning yakuniy varianti sifatida olinadi. Siz ham tavsiya etilayotgan ertakka illustratsiya ishlash jarayonini boshlashdan avval uning mazmunini tahlil qiling. Illustratsiyaning yakuniy kompozitsiyasini ishlashda illustratsiyachi rassomlarning ishlarini diqqat bilan kuzating. Bugungi darsda sizga «Ur, to'qmoq» ertagiga illustratsiya ishlash vazifasi beriladi. Demak, «Ur, to'qmoq» ertagiga illustratsiya ishlashga kirishishdan avval «Ur, to'qmoq» ertagining qahramon- larini eslang. Ularning ko'rinishini qanday izohlagan bo'lar edingiz? Illustratsiya kompozitsiyasini o'ylashda yaxshilikni yomonlik, yovuzlik ustidan g'alaba qozonishini esda tuting. Rasm chizishga kirishishdan oldin tasvirni qog'oz sathida joylashtirishga alohida e'tibor qiling Kompozitsiyani rangtasvirda ishlayotganda ham perspektiva qoidalariga amal qiling. Kompozitsiyani rangtasvirda ishlayotganda ham perspektiva qoidalariga amal qiling. Agar ishingizni akvarel bo'yoqlarida bajarayotgan bo'lsangiz, och ranglarda bosqichma-bosqich bo'yashingiz lozim. Har bir bosqichda ranglarni to'qlashtirib borasiz. Yana ranglarning ramziy ma'nolariga ham e'tibor qarating. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.1 MB
Ko'rishlar soni 366 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.1 MB
Ko'rishlar soni 366 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga