Tasviriy san'at fanidan Tog'da bahor mavzusida kompozitsiya ishlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Tog'da bahor mavzusida kompozitsiya ishlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Tog'da bahor mavzusida kompozitsiya ishlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

«Tog'da bahor» mavzusida kompozitsiya ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 18-mavzu Ochiq tabiat qo'ynida naturadan chiroyli rasmlar chizish rassomdan katta mahorat talab qiladi. Lekin shunday rassomlar borki, ular tog' va o'rmonlarni, dengiz va daryolarni, bog' va dalalarni, cho'l va sahrolarni go'zal qilib tasvirlaydilar. Manzarachi rassomlarning ham o'z sevgan fasli, kunning holati bo'ladi. Xalq rassomi akademik O'rol Tansiqboyevni O'zbekiston manzarasining kuychisi deyishadi. U o'z asarlaridan birini «Mening qo'shig'im» (80-rasm) deb atashi ham uni O'zbekistonning betakror tabiatining kuychisi ekanligidan dalolat beradi. Uning «O'zbekistonda mart», «Tog'da», «Tog'larda bahor» nomli asarlarida yurtimizning bahor faslidagi go'zal tabiati yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Manzarachi rassomlardan Nikolay Karaxan, Rahim Ahmedov, Ne'mat Qo'ziboyev, Anvar Mirsoatov, Obidjon Bakirov, G'afur Abdurahmonov, Abduvali Mo'minov, Ortig'ali Qozoqovlar asarlarida yurtimiz tabiati o'ziga xos tarzda tasvirlangan. Ne'mat Qo'ziboyev Ne'mat Qo'ziboyevO'zbekiston xalq rassomi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi. 1929-yilda Farg'ona shahrida tavallud topgan. 1953-yilda I.Repin nomidagi Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va me'morchilik institutini tamomlagan. N.Qo'ziboyev tasviriy san'atning barcha janrlarida samarali ijod qilgan. Asarlari Respublikamiz va xorijiy muzeylarda saqlanadi. Uning «Nodirabegim», «Abdulla Qodiriy», «Navoiy va Sulton Husayn» kabi portretlari bor. Tog'da bahor mavzusida kompozitsiya ishlashga kirishishdan avval siz xotirangizdagi tasavvurlarni tiklashga harakat qiling. O'zbekistonning ko'pgina hududlari tog'li joylardan iborat. Ayniqsa, Toshkent viloyatining Bo'stonliq, G'azalkent tumanlaridagi, Farg'ona vodiysidagi, Jizzax-Samarqand yo'lidagi, Qashqadaryo va Surxondaryo vohasidagi tog'li manzaralarni bevosita o'zingiz ko'rgan bo'lishingiz mumkin. Qolaversa, rassomlarning manzara janridagi asarlarida tog' manzaralaridan tashqari televizor orqali, kitoblardagi illustratsiyalar orqali ko'p bora ko'rgansiz. Siz ko'rganlaringizni bir-bir eslang. Shunda sizga kompozitsiya variantlari uchun mavzu topish oson bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.6 MB
Ko'rishlar soni 333 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.6 MB
Ko'rishlar soni 333 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga