«Qovun va anor» mavzusida naturmort ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 2-mavzu Reja: 2 3 Naturadan rasm ishlash 1 «Qovun va anor» mavzusida naturmort rasm chizish Naturmort ishlash jarayoni «QOVUN VA ANOR» MAVZUSIDA NATURMORT ISHLASH Bugun siz «Qovun va anor» deb nomlangan naturmort rasmini naturaga qarab ishlaysiz. Buyumlarni o'ziga qarab rasm chizish naturadan rasm ishlash deyiladi. Mevalar, gullar, qush va hayvon tulumlari, sabzavotlar, poliz ekinlari, o'quv qurollari, uy-ro'zg'or buyumlari, kasbga oid buyumlar tasvirlangan surat naturmort deyiladi. «Qovun va anor» mavzusida naturmort rasm chizishni ikki bosqichda amalga oshiramiz. Ikkinchi darsda rangtasvirda yakunlanadi. Birinchi darsda naturmort rasm qalam tasvirda ishlansa, Ishni naturani diqqat bilan kuzatishdan boshlang. Dastlab naturada turgan narsalarni rasm daftari yuzasiga to'g'ri joylashtirib olishingiz kerak. Naturmort chizish bosqichlarida barcha narsalarni bir yo'la tasvirlab borish lozim. Naturmort ishlash jarayonida, avvalo, uning yoritilganlik darajasiga e'tibor qaratiladi. Soya, yarim soya, to'q soya, yorug' joy va refl eks ajratib olinadi. Ularni belgilashda quyidagi holatlarga e'tibor qarating: Narsalar sirtida eng ko'p yorug'lik qaytayotgan joy yorug', yaltiroq joy deb ataladi. Odatda, chinni, shisha, sirlangan buyumlarning yorug'lik eng ko'p tushib turgan joyi yaltirab turadi. Narsalarning soya qismi oxiridan yorug'likning sinib qaytishi refleks deyiladi. Narsalardagi soyaning boshlang'ich qismi yarim soya, asosiy qismi - to'q soya deb ataladi. Buyumdan tekislikka tushayotgan soya tushuvchi soya deyiladi. Ranglar bilan ishlashda avval yorug' joylarini och ranglarda bo'yash bilan boshlaysiz. So'ng qovun, anor, qovun tiligidagi yorug' va soya joylarini mos ranglar bilan ajratib olasiz. Naturadan rasm ishlash paytida quyidagi qoidalarga e'tibor berish zarur: doimo chizilayotgan buyumlar bilan rasm daftaridagi tasvirni solishtirib boring; dastlab ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.49 MB
Ko'rishlar soni
357 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.49 MB
Ko'rishlar soni
357 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: pptx