Tasviriy san'at fanidan Futbolchi mavzusida haykal ishlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Futbolchi mavzusida haykal ishlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Futbolchi mavzusida haykal ishlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

«Futbolchi» mavzusida haykal ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 16-mavzu Sport turlari ichida eng ommalashgani, shubhasiz, futboldir. Shuning uchun ham uni «millionlar o'yini» deb atashadi. O'zbekistonda birinchi futbol komandasi 1912-yilda Qo'qon shahrida «Muzkomanda» nomi bilan tashkil etilgan bo'lsa, bugungi kunda Respublikamizning barcha viloyatlarida futbol komandalari mavjud. Aynan mustaqillik yillarida O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo o'yinlari g'olibi bo'ldi O'smirlar terma jamoasi Osiyo birinchiligida oltin va kumush me'dallariga sazovor bo'ldi. Futbol o'yinlarini televizor orqali ko'p ko'rgansiz. Shu bois futbolda qanday holatlar bo'lishi, futbolchilar qanday harakatlar qilishini yaxshi bilasiz Futbolchi haykalini ishlashda uni qaysi pozitsiyada o'ynashiga ham e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Masalan, darvozabonning to'pga tashlanayotgan, himoyachining raqib hujumchisidan to'pni olib qo'yayotgan, yarim himoyachining raqibni aldab o'tayotgan, hujumchining esa to'pga zarba berayotgan holatlarini tasvirlash mumkin Mavzu variantini tanlab olganingizdan keyin loy yoki plastilindan futbolchi gavdasining boshi, qo'llari, oyoqlari, tanasi uchun nisbatlardan kelib chiqqan holda ajratib olasiz. Ularning ko'rinishini (shakllarini) yasab olganingizdan so'ng gavda qismiga birlashtirib chiqasiz. Yasalgan haykalchaning kamchiliklari yog'och yoki plastmassa steklar yordamida yo'nish, qirib olib tashlash yoki yopishtirib chiqish orqali bartaraf etiladi. Agar haykalni kattaroq o'lchamda ishlayotgan bo'lsangiz, uning mustahkamligini ta'minlash uchun simdan karkas - tirgovuch yasab olasiz hamda gavda bo'laklarini unga yopishtirib chiqasiz Futbolchi haykalini ishlashda namunada keltirilgan illustratsiyadan ijodiy foydalanishingiz mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.13 MB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.13 MB
Ko'rishlar soni 274 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga