«Qovun saylida» mavzusida kompozitsiya ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 3-mavzu Reja: «Qovun saylida» mavzusidagi kompozitsiya Komponovka Perspektiva Rassomlar o'z ko'rgan-kechirganlari, kuzatgan voqea-hodisalarni xayollarida umumlashtirib, yaxlit bir kompozitsiya yaratadilar Buning uchun ular qalamda, bo'yoqda xomaki eskizlar, qoralama rasmlar, etudlar ishlaydilar. So'ng ularning eng maqbuli asosida rassom tasavvuridagi tasviriy san'at asari paydo bo'ladi. «Qovun saylida» mavzusidagi kompozitsiyaning yechimini xayolingizda tasavvur qilib ko'ring: Odam rasmini ishlashda uning gavda qismlarining nisbatlariga rioya qilishga harakat qiling Avval chizmoqchi bo'lgan kishilarning o'tirgan holatlarini, atrof-muhitni qoralama chiziqlar yordamida umumiy komponovka qilib oling. Oldindagi narsalarning yirik, aniqroq, uzoqdagi narsalarning mayda va xiraroq ko'rinishi tasviriy san'atda perspektiva deb ataladi. Rasm ishlashda asar qahramonlarini dastlab och fonda, so'ngra ranglarni ustma-ust qo'yib to'q rangda tasvirlash talab etiladi. Dastlab ishlayotgan rasmingizning bir necha xomaki eskizini chizib ko'rsangiz, ishingiz yanada mazmunliroq chiqadi. Qalam tasvirda ishlab bo'lganingizdan so'ng rangtasvirda ishlashga o'tasiz. Eng avval inson qiyofalari, chayla, so'ng orqa zamin - tabiat ko'rinishi ranglarda ishlanadi. Bo'yoq bilan ochdan to'qqa tarzida ish yuritiladi. Soya, yarim soya, to'q soya, refleks va hosila ranglarni topishda rangshunoslik qoidalariga amal qilinadi. ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.43 MB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.43 MB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: pptx