«Savat ko'targan qiz» mavzusida kompozitsiya ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 13-mavzu Xalqimiz azaldan nonni e'zozlab keladi. Nonlarning obi non, patir non, jizzali non, lochira non, shirmoy non, go'shtli non, sovg'a non va yana boshqa turlari mavjud. Tandirdan yangi uzilgan, issiqqina, bo'rsildoq non va kulchalar ko'pincha oshxonadan uyga savatda olib kiriladi. Kompozitsiya elementlarini topishda xotirangizda saqlab qolgan taassurotlarni, bozordagi non rastalarini ko'z oldingizga keltirsangiz kompozitsiya tuzishingiz oson bo'ladi. Bu darsda «Savat ko'targan qiz» mavzusida kompozitsiya ishlaysiz. (rassom U.Sulaymonov), tengdoshlaringiz qizchaning yon va orqa tomonlaridagi fon birgalikda tasvirlangan. Birinchi darsda orqa fon - hovlining bir qismi, oshxona, undagi o'choq-tandirlar ko'rinishi tasvirlansa, ikkinchi darsda savat ko'tarib kelayotgan qiz tasvirini qo'shib, yaxlit kompozitsiya yaratasiz. Siz namunadagidek kompozitsiya ishlashingiz shart emas, balki mustaqil mavzuda boshqa ko'rinishdagi rasm ishlashingiz mumkin. Rasm chizish jarayonida mashhur o'zbek rassomlari Pavel Benkovning «Uzum uzish», «Dugonalar», Rahim Ahmedovning «Mening hovlim», Abdumannon Yunusovning «Hovli» turkumidagi rasmlari bilan tanishib chiqamiz. Siz, rasmlarni kuzatar ekansiz, orqa fon, birinchi plan, ikkinchi plan, kompozitsiya markazini aniqlashga harakat qiling. Olingan taassurotlar asosida o'z hovlingiz va oshxonangizni xayolan tasavvur qilib, xomaki rasm va eskizlar ishlaysiz. Oshxonada bo'lishi lozim bo'lgan - tandir, o'choqlarning shaklini, nisbatlarini perspektiva qoidalariga rioya qilgan holda xotiradan yodga olib chizishga o'tasiz. Rasmingizga chelak, o'tin, bolta va shu kabi oshxonaning boshqa jihozlari ham qo'shib ishlansa, kompozitsiya yanada mazmunliroq chiqadi. Agar yozgi oshxona rasmini ishlayotgan bo'lsangiz hovlidagi mevali daraxtlar, toklarning qanday joylashganligini yodga oling. Ikkinchi darsda savat ko'tarib kelayotgan qiz obrazini birinchi darsda ishlagan oshxona manzarasi fonida tasvirlaysiz. Kompozitsiya qalamtasvirda ishlab bo'lingach, rangda bo'yab tugatiladi. Rang ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 11:30:46
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.39 MB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 11:30 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.39 MB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: pptx