Tasviriy san'at fanidan Navro'z bayrami mavzusida kompozitsiya ishlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Navro'z bayrami mavzusida kompozitsiya ishlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Navro'z bayrami mavzusida kompozitsiya ishlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

«Navro'z bayrami» mavzusida kompozitsiya ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 17-mavzu Navro'z qadim zamonlardan buyon Sharq mamlakatlarida bahor bayrami, yosharish fasli sifatida keng nishonlanib kelinadi. Navro'z haqida xalqimiz ko'plab rivoyatlar bitishgan. Bahor, navro'z mavzusi rassomlar ijodida ham muhim o'rin tutadi. O'zbekiston tasviriy san'ati tarixida O'rol Tansiqboyev, Nikolay Karaxan, Rahim Ahmedov, Ne'mat Qo'ziboyev, Obidjon Bakirov, Abduvali Mo'minov kabi rassomlarning asarlarida bahor mavzusi o'ziga xos tarovat bilan tasvirlangan. Siz ishlamoqchi bo'lgan kompozitsiyada Navro'zning turfa elementlari - endigina sabza urgan maysalar, bodroqdek gullagan bodom, o'rik va shaftolining shoxlari, bahor haqida atrofga xabar tarqatayotgandek Osmonda charx urib uchayotgan qaldirg'ochlar, kengliklarda uyushtirilgan umumxalq bayramlari, sayillar, momolarimiz tayyorlayotgan sumalaklar, Shuningdek, Navro'z haqida ota-onalarimiz, bobo-momolarimiz so'zlab bergan rivoyatlarning mazmuni ham siz ishlaydigan kompozitsiyaga mavzu bo'lishi mumkin. Albatta, Navro'zning asosiy mavzusi - bu sumalak Yuqorida sizga eslatilgan vaziyatlarni yaxshilab tahlil etingda, o'zingiz uchun mavzu tanlang. Ustozingiz bilan kelishgan holda kompozitsiyaga «Navro'z sayli», «Varrak uchirish», «Sumalak» mavzularidan birini tanlashingiz mumkin. Ishni har doimgidek yengil chiziqlar yordamida qoralama eskiz ishlab olishdan boshlaysiz. Ularni umumlashtirib, yakuniy kompozitsiya variantini topib olgach, uni rangtasvirda bajarishga kirishasiz. Avval odamlarning tasviri, ya'ni kompozitsiyaning birinchi plandagi asosiy elementlarini, so'ng atrofdagi elementlarni bosqichma-bosqich rangda ishlab chiqasiz. Bu avval odamlarni ishlab bo'lib, so'ng boshqasini ishlash degani emas. Faqat ma'lum ketma-ketlikda bosqichma-bosqich ishni yakuniga yetkazasiz. Ishlash jarayonida toza ranglardan foydalanish, tasviriy san'atning perspektiva, yorug'-soya, nisbatlar, ranglarning bir-biriga o'zaro ta'siri kabi qonuniyatlariga amal qilishni unutmang. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.32 MB
Ko'rishlar soni 331 marta
Ko'chirishlar soni 60 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.32 MB
Ko'rishlar soni 331 marta
Ko'chirishlar soni 60 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga