Tasviriy san'at fanidan Cho'pon bola mavzusida haykal ishlash taqdimoti

Tasviriy san'at fanidan Cho'pon bola mavzusida haykal ishlash taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Tasviriy san'at fanidan Cho'pon bola mavzusida haykal ishlash taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

«Cho'pon bola» mavzusida haykal ishlash 4-sinf Tasviriy san'at darsligi asosida 8-mavzu Rassomlar o'z asarlarida turli kasb egalari obrazlarini yaratganlar: ayrim rassomlar aktyorlarni, ayrimlari yozuvchi va shoirlarni, ba'zilari olimlarni tasvirlaganlar. O'zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedovning «Cho'pon bola» kartinasida ham mashaqqatli, ham sharafli kasb egasi - yosh cho'pon obrazini yaratgan Shuningdek, Ne'mat Qo'ziboyev, G'afur Abdurahmonov, Zuhriddin Islomov, Fahriddin Tohirov va boshqa rassomlarning cho'ponlar hayotiga oid asarlari ham mavjud. Endi diqqatingizni haykaltarosh Turkman Esonovning «Cho'pon bola» haykaliga qaratamiz Unda o'z molini yaylovga haydab ketayotgan bola obrazi tasvirlangan. Haykalda buzog'ini tashlab ketishga ko'zi qiymay taysallanib borayotgan sigir va molini tezroq podaga qo'shish uchun jadallab borayotgan bolakay obrazi mahorat bilan ishlangan. Siz berilgan reproduksiyalarni diqqat bilan kuzating va fikrlab ko'ring, haytaziyangizni ishga soling. Haykalni ishlashdan oldin yuqorida tasvirlangan asarlardagi cho'pon obrazini, uning xarakterli holatini, egnidagi liboslarini esga oling. Shular asosida o'z tasavvuringizdagi obrazni mustaqil yaratasiz. Haykal yasashda odam gavdasi qismlarining nisbatlariga e'tibor qarating hamda shunga mos ravishda loy bo'laklarini ajratib oling. Topshiriqni bajarishga kirishishdan avval rasm daftaringizga haykalning qoralama rasmini chizib oling. Eskiz ma'qul bo'lgach, loy yoki plastilindan bosqichma-bosqich haykal yasashga o'tasiz. Ishlayotganda cho'pon obraziga qo'shimcha ravishda bo'ribosar it yoki ot haykalini qo'shgan holda kompozitsiya yaratsangiz, ishingiz yanada mazmunli chiqadi. Haykalning tana a'zolarini birlashtirgach, uning mayda detallarini ishlashingiz mumkin. Ish jarayonida haykaltaroshlikning muhim qoidasi - cho'pon bola qomatining tayanch nuqtasini to'g'ri tasvirlashga harakat qiling. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.27 MB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.27 MB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga